Zamonaviy hayotning ajralmas qismiga aylangan smenali iş köpçilik uçun qulay yeçimdek körinişi mumkin. Kimdir tungi smenada işlab, oilasini boqadi, yana kimdir noodatiy grafikda faoliyat yuritiş evaziga barqaror daromad topadi. Ammo ilmiy tadqiqotlar bunday iş tartibining ortida buyrak-toş kasalligi yuzaga kelişi ehtimolining ança yuqori ekanligini tasdiqlamoqda.
Sun Yatsen universiteti olimlari Buyuk Britaniya Biobank loyihasida iştirok etgan 220 mingdan ortiq kişining ma’lumotlarini örganib çiqdi. Tadqiqot natijalari Mayo Clinic Proceedings (MCP) jurnalida çop etildi. Unga köra, tunda va noodatiy vaqtlarda işlaş buyrakda toş hosil böliş xavfini örtaça 15 foizga oşiradi. Ayniqsa, yoş xodimlar va jismoniy faollikni talab qilmaydigan işda işlovçilarda xavf köproq bölişi ta’kidlangan.
Mutaxassislar fikriça, mazkur holat sabablari bir neça omillar bilan boğliq. Avvalo, bunday tartibda işlaydiganlar köpinça tez tayyorlanadigan, şör va yoğli taomlarni iste’mol qiladi. Bu esa siydikdagi minerallar miqdorini oşirib, toş hosil bölişiga yordam beradi.
Ikkinçi muhim sabab — suyuqlikni kam içiş. Organizm yetarliça suv bilan ta’minlanmaganda siydik ziçlaşib, unda tuzlar va minerallar tezroq kristallaşadi.
Bundan taşqari, smenali işçilarning aksar qismida jismoniy harakat yetarli emas, çekiş odati ham uçrab turadi. Harakatsizlik va zararli odatlar organizmda moddalar almaşinuvini buzib, buyraklarga ortiqça yuk tuşiradi.
Eng katta muammolardan biri esa uyqu rejimining özgarişi. Keçasi işlaş insonning tabiiy biologik soatini izdan çiqaradi, natijada gormonlar muvozanati buzilib, moddalar almaşinuvida özgarişlar yuz beradi. Bu holatlar buyrak toşi hosil bölişi uçun qulay şaroit yaratadi.
Oddiy qilib aytganda, yetarliça suv içmaslik, notöğri ovqatlaniş, harakatsizlik va buzilgan uyqu kabi omillar ketma-ket röy bergan paytda organizmda minerallar kristallanişi osonlaşadi va vaqt ötişi bilan toşga aylanadi. Şu bois smenali işda işlovçilar uçun suvni muntazam içiş, ovqatlanişda tuz va yoğni kamaytiriş, tanaffus paytida qisqa yurişlar qiliş va uyqu sifatiga alohida e’tibor qaratiş juda muhim hisoblanadi.
Tadqiqotning qiziq jihatlaridan biri şundaki, uzoq yillar davomida smenali işlagan odamlarda buyrakda toş paydo böliş xavfi biroz pastroq bölib çiqqan. Olimlar buni ikki xil omil bilan izohlamoqda. Birinçisi — “soğlom işçi effekti” deb ataluvçi hodisa. Ya’ni faqat soğlom odamlargina uzoq vaqt davomida bunday oğir rejimga çiday oladi. Ikkinçi ehtimoliy sabab — organizm vaqt ötişi bilan tungi iş rejimiga qisman moslaşadi. Biroq olimlarning ta’kidlaşiça, bu jarayonning asl mexanizmi hali töliq örganilmagan va qöşimça tadqiqotlarni talab qiladi.












