Tramp ma’muriyati çegaradan uzoqda joylaşgan Rossiya energetika infratuzilmasiga uzoq masofali raketa zarbalari uçun razvedka ma’lumotlarini Ukrainaga topşirişga rozi böldi. Bu haqda 1 oktyabr, çorşanba kuni The Wall Street Journal internet-naşri nomi oşkor etilmagan ikki amerikalik mulozimga tayanib xabar berdi.
Mualliflarning qayd etişiça, bu qadam AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ukrainani uzoq masofaga uçuvçi qurollar bilan ta’minlaş masalasini körib çiqayotgan bir paytda yuz berdi.
Reuters xabar berişiça, Vaşington uzoq vaqtdan beri Kiyev bilan razvedka ma’lumotlarini bölişib keladi. Biroq, WSJ maqolasiga köra, «yangilik Ukrainaga Kremlni daromad va neftdan mahrum qiliş maqsadida neftni qayta işlaş zavodlari, quvurlar, elektr stansiyalari va boşqa infratuzilmalarga zarba berişni osonlaştiradi».
WSJ ma’lumotlariga köra, AQŞ NATO ittifoqçilaridan Ukrainaga ham xuddi şunday yordam körsatişni söragan. Avvalroq Donald Tramp Yevropa davlatlarini Rossiya neftini xarid qilişni butunlay töxtatişga çaqirib, buni öz ma’muriyatining Rossiyaga nisbatan qattiqroq sanksiyalar qöllaşi uçun şart qilib qöygan edi.











