Yöllarda harakat iştirokçilari xavfsizligini işonçli ta’minlaş hamda uşbu yönalişdagi işlar samaradorligini yanada oşiriş maqsad qilingan.

Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq 2026 yil 1 yanvardan boşlab:

  • oçiq konlarda (karerlarda) işlovçi öziağdaruvçi yuk avtomobillari davlat röyxatidan ötkaziladi;
  • umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq bölgan N3 va O4 toifadagi yuk taşuvçi va maxsus transport vositalari hamda oçiq konlarda (karer) işlovçi öziağdaruvçi yuk avtomobillari, şuningdek, antikvar avtomobillar uçun alohida röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgilari joriy etiladi.

Içki işlar vazirligi Transport vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda har yili mart oyida “Eng namunali yöl harakati xavfsizligi ta’minlangan hudud” körik-tanlovini ötkazib boradi.