Endi esa barça kerakli ma’lumotlar bitta ekranda, közga yaqqol taşlanadigan bloklarda va tahliliy körsatkiçlar bilan iHamkor platformasidagi yangilangan kartoçkada jamlangan.
Hisobotdan tahlilgaça
iHamkor platformasida yangi vosita paydo böldi: u kontragentlarni tekşiriş va kompaniyalarni tahlil qilişga yondaşuvni özgartirişi mumkin. Endi odatiy “reyestr” jadvali örniga foydalanuvçilar vizualizatsiya, koeffitsiyentlar va qisqa xulosalari bölgan töliq biznes-diagnostikani qölga kiritadi.
Yaqin-yaqingaça iHamkor’dagi kompaniya kartoçkasi quruq raqamlar töplamiga öxşardi: balanslar, hisobotlar — hammasi faqat sonlardan iborat edi. Buni tuşuniş faqat mutaxassislargagina oson edi. Endi esa format özgardi: ma’lumotlar tahliliy izohlar bilan birga beriladi, asosiy körsatkiçlar rang va ikonkalar orqali ajratib körsatilgan, jadvalning özi esa ança tuşunarli böldi.
Endi har bir kompaniyaning barqarorlik reytingi va kredit profili bor. Şu orqali moliyaviy ahvolni bir qaraşda tuşunib oliş mumkin.
— Men har kuni işlatiş mumkin bölgan vosita yaratişni maqsad qilgandim. Hozir u şunday şakl oldi, deb öylayman. Biz iHamkor’da kompaniya kartoçkasining yangi körinişini işga tuşirdik. Bu oddiy “redizayn” emas. Bu — reyestrdan tuşunişga ötiş. Raqamlar yiğindisidan aniq xulosalarga keliş, — deya öz fikrlarini bölişdi Venkon kompaniyalar guruhi asosçisi va rahbari Asqar Ismoilov özining LinkedIn sahifasida.
iHamkor kartoçkasidagi yangiliklar nimadan iborat?
• Sudlar va ijro işlarida iştiroki — işlar soni, kompaniyaning roli, undiruv summalari.
• Davlat xaridlari — tenderlardagi iştirok, şartnomalar, buyurtmaçilar va buyurtmalar hajmi.
• Moliya — nafaqat tuşum va foyda, balki ularning dinamikasi, rentabellik koeffitsiyentlari va soha böyiça taqqoslaş.
• Soliqlar — tölov tarixi, özgarişlar va hudud yoki mamlakat reytingidagi örni.
• Aktivlar — qoplaş koeffitsiyentlari, moliyaviy mustaqillik, ROA, tuşum ösişi.
• Barqarorlik reytingi va uning batafsil şarhi.







