Rossiya hukumati eng yirik neftni qayta işlaş zavodlariga dronlar hujumidan keyin mamlakatni qamrab olgan yoqilği tanqisligini kompensatsiya qiliş uçun Xitoy hamda Osiyoning boşqa mamlakatlaridan benzin importini boşlaş böyiça çora-tadbirlar paketini tayyorladi.
«Kommersant» xabar berişiça, Moskva XXRdan taşqari Janubiy Koreya va Singapurdan ham benzin sotib olişni möljallamoqda. Buning uçun Uzoq Şarqdagi ayrim nazorat-ötkaziş punktlari orqali keltiriladigan yoqilği uçun import bojlarini nollaştiriş rejalaştirilgan. Bunda importyorlarga jahon va içki bozordagi narxlar örtasidagi tafovut davlat tomonidan budjet hisobiga qoplab beriladi.
Osiyodan benzinni uçta kompaniya yetkazib berişi mumkin — «Rosneft», Mustaqil neftgaz kompaniyasi (NNK) hamda «Sanoat xomaşyosi importi» davlat taşqi iqtisodiy birlaşmasi. Bu har oy Sibirdagi neftni qayta işlaş zavodlarida işlab çiqarilgan 150 ming tonna benzinni Rossiya Federatsiyasining markaziy qismiga yönaltiriş imkonini beradi.
Bundan taşqari, hukumat Belarusdan benzin importini köpaytirişni, şuningdek, neft zavodlari tomonidan monometilanilin (MMA) – işlab çiqarişni köpaytiriş imkonini beruvçi oktanni oşiruvçi qöşimçadan foydalanişga qöyilgan taqiqni olib taşlaşni rejalaştirmoqda. Bu qöşimça yuqori toksikligi va onkologik xavfi tufayli dunyoning aksariyat mamlakatlarida taqiqlangan, Rossiyada esa 2016 yilgaça qöllangan.
Hozirça, yoqilği-energetika majmualarini himoya qiliş böyiça körilayotgan çoralarga qaramay, içki bozorni neft mahsulotlari bilan ta’minlaş bilan boğliq vaziyat yanada yomonlaşişi xavfi mavjud, deya boş vazir örinbosari Aleksandr Novak boş vazir Mixail Mişustinga yöllagan murojaatni keltiradi «Kommersant».
Sentyabr oyi oxiriga kelib, mamlakatda neftni qayta işlaş zavodlari quvvatlarining rekord darajadagi 38 foizi (kuniga 338 ming tonna) işlamay qoldi. Şu bilan birga, bu holatning 70 foizi ukrain dronlari hujumlari bilan boğliq – dronlar avgust oyi boşidan beri 20 dan ortiq yirik neft zavodlariga zarba berişga muvaffaq bölgan.
Sentyabr oyida Rossiyaning yana törtta neftni qayta işlaş zavodi işlab çiqarişni töxtatdi. Ular orasida quvvati böyiça Rossiyada ikkinçi örinda turuvçi, Leningrad oblastidagi «Kinef» zavodi, şuningdek, eng yirik beşlikka kiruvçi Ryazandagi «Rosneft» neftni qayta işlaş zavodi bor. Birinçisi 14 sentabrda, ikkinçisi 5 sentabrda işlaşdan töxtadi. Şuningdek, 20 sentabrdan Novokuybişev neftni qayta işlaş zavodi, 22 sentabrdan esa «Gazprom»ning Astraxan neftni qayta işlaş zavodi qayta işlaşni töxtatdi. Natijada, Saxalin va Kuril orollaridan Nijniy Novgorod oblasti va Qrimgaça bölgan hududlar yoqilği tanqisligiga duç keldi, bu hududlarda bir qölga 30 litrdan ortiq benzin sotiş taqiqlangan.













