Voqealar zanjiri va nima özgardi?

2024 yil 14 oktyabr kuni Qozoğistonning Raqamli rivojlaniş, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi Telegram bilan mahalliy vakil tayinlaş va ofis oçiş böyiça kelişuvga erişilganini e’lon qildi. Bu rasmiy xabar platformaning mamlakatda qonuniy talablarga moslaşişi yölida muhim qadam böldi.

Oradan köp ötmay, 2024 yil 31 oktyabrda senatorlar yiğilişida vazir Jaslan Madiyev ofis AIFC (Astana International Financial Center) huquqiy maydonida röyxatdan ötkazilayotganini, kontent moderatsiyasi uçun mas’ul şaxs ham tayinlanganini aytdi.

2025 yil 27 iyunda Telegram Astana Hub — Markaziy Osiyodagi yirik innovatsion klaster a’zoligiga qabul qilindi. Bu amalda kompaniyaning Qozoğiston IT-ekotizimi bilan tizimli işlaş niyatini körsatdi.

2 oktyabr kuni Pavel Durov Digital Bridge 2025 forumida Astanada Alem.ai binosida maxsus sun’iy intellekt laboratoriyasi oçilayotganini ma’lum qildi. Rasmiylarga köra, Telegram Qozoğistonda ofisni işga tuşirdi, Astana Hub’ga qöşildi va SI laboratoriyasini oçdi.

Qonunçilik: nega ofis oçiş talab qilindi?

Qozoğistonda 2023 yil qabul qilingan “Onlayn platformalar va onlayn reklama töğrisida”gi qonun mamlakatda har kuni 100 mingdan ortiq foydalanuvçiga ega ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardan mahalliy vakil (yuridik şaxs) bölişini talab qiladi. Şuningdek, taqiqlangan kontentni rasmiy talab böyiça olib taşlaş mexanizmlari ham bu hujjatda keltirib ötilgandi. Ya’ni agar Telegram ofis oçmasa, platforma Qozoğiston hududida bloklanişi mumkin edi.

Bozor omili: nega aynan Qozoğiston?

Telegram Qozoğistonda nihoyatda ommabop: oylik 12,5 mln foydalanuvçi bor. Bu — 20 mln aholining yarmidan köproği degani. Şu bois platforma uçun Qozoğiston strategik bozor bölib, huquqiy moslaşuv qarorini tezlaştirgan. Ya’ni Telegram uçun ham platforma bloklanganidan köra bir ofis oçiş ma’qulroq qaror edi.

Ofis qayerda va qanday işlaydi?

2024 yil 31 oktyabrda vazir Madiyev ofis AIFC (Astana International Financial Center) asosida röyxatdan ötayotganini aytgandi. Vazirlik rasmiy bayonotida mahalliy vakil tayinlaş va noqonuniy kontentni tezkor olib taşlaş böyiça hamkorlik qayd etilgan. Senatdagi çiqişda esa “kontent moderatsiyasi uçun mas’ul şaxs allaqaçon tayinlangan”i aytilgan.