Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya Yevropaning istalgan nuqtasida dronlardan foydalanişi mumkinligi haqida ogohlantirdi. «Agar ruslar Polşaga qarşi uçuvçisiz uçoqlardan foydalanişga yoki Şimoliy Yevropa davlatlari havo hududini buzişga jur’at etsa, bu har qanday joyda – Ğarbiy Yevropada, janubda sodir bölişi mumkin», dedi u 2 oktyabr, payşanba kuni Kopenhagenda bölib ötgan Yevropa siyosiy hamjamiyatining yiğilişida.

Zelenskiy uçuvçisiz uçoqlarga qarşi tura oladigan «tezkor va samarali javob va mudofaa kuçlarini» yaratiş zarurligini ta’kidladi. Uning ta’kidlaşiça, Ukraina Rossiya bilan uruşi tufayli dron hujumlariga qarşi kuraşda «ehtimol dunyodagi eng katta tajribaga ega» va buni Daniya bilan baham körişga tayyor.

Kopenhagendagi Yevropa siyosiy hamjamiyati sammiti oldidan noma’lum dronlarning Daniya aeroportlari va harbiy obektlari ustidan köp sonli parvozlari keng xavotirga sabab böldi. Garçi bu dronlarning kelib çiqişi hali aniqlanmagan bölsa-da, Yevropaning bir qança hukumatlari Rossiya iştirokini gumon qilmoqda. Moskva ayblovlarni rad etdi.

Sönggi haftalarda NATO davlatlari Polşa, Estoniya va Ruminiya ham öz havo kengliklari Rossiya uçuvçisiz uçoqlari va harbiy samolyotlari tomonidan buzilgani haqida xabar berdi.