Toşkentda Afğoniston parlamentining sobiq vitse-spikeri, Balx viloyatidan sobiq deputat va eng yirik afğon tadbirkorlaridan biri Abbos Ibrohimzoda qölga olindi. Bu haqda Afğoniston yangiliklariga ixtisoslaşgan Amu.tv xabar berdi.

Qayd qilinişiça, Ibrohimzoda 24 sentabr kuni «biznesdagi raqobatçilari tomonidan berilgan köplab şikoyatlardan söng» qölga olingan va şundan beri «350 ming dollardan ortiq garov puli kiritganiga qaramay» hibsda saqlanmoqda. Özbekiston rasmiylari hozirça bu haqda xabar bergani yöq.

Abbos Ibrohimzoda - tadbirkor va siyosatçi, millati hazora. 1990-yillarning boşidan Afğonistonning eng yirik tadbirkorlaridan biri bölgan, Balx viloyatidagi sarroflar uyuşmasini boşqargan, şu sababli «Abbos dollar» laqabini olgan.

U asos solgan Ibrahimzada Group yigirmadan ortiq kompaniyalarni birlaştiradi. U Balxdagi xususiy televideniye tarmoğini nazorat qiladi, ta’lim va xayriya işlariga sarmoya kiritgan.

Ibrohimzoda Afğoniston parlamentining quyi palatasi - Volesi Jirğaga ikki marta saylangan.

«Tolibon» hukumatni egallaşidan oldin, Ibrohimzoda Turkmaniston, Özbekiston, Qozoğistondan benzin va gaz, mineral öğitlar, quriliş materiallari yetkazib beriş bilan şuğullangan. Uning Özbekiston bilan çegaradoş Hayraton şahridagi benzin va gaz ombori 50 ming tonnadan ortiq siğimga ega edi.

Ta’kidlanişiça, 2021 yil yozida Ibrohimzodning qurolli tuzilmalari Mozori Şarifni toliblardan ikki oy davomida himoya qildi. Toliblar mamlakatda hokimiyatni egallab olgaç, Ibrohimzoda Afğonistonni tark etib, Turkiyada yaşay boşladi. Uning Toşkentga qaçon köçib kelgani noma’lum.

Amu.tv ma’lumotlariga köra, sönggi tört yil içida Ibrohimzoda Özbekiston iqtisodiyotiga, asosan transport va un sanoatiga 50 million dollardan ortiq sarmoya kiritgan.

2023 yilda toliblar tadbirkorning Afğonistondagi 19 ta tijorat obektini, jumladan, oltita yoqilği quyiş şoxobçasi, ikkita şifoxona, telekanal, ikkita oziq-ovqat zavodi, beşta savdo markazi, ikkita turar-joy majmuasi va Hayraton stansiyasidagi sanoat obektini muhrlab qöygan.