Rossiya NATO içida noaniqlik va kelişmovçilikni keltirib çiqariş va Ukrainani qöllab-quvvatlaşga putur yetkaziş uçun Daniya va boşqa Ğarb davlatlariga qarşi gibrid uruş olib bormoqda. Bu haqda 3 oktyabr, juma kuni Kopenhagendagi matbuot anjumanida Daniya harbiy razvedka xizmati (Forsvarets Efterretningstjeneste, FE) direktori Tomas Arenkil ma’lum qildi.

Uning agentligi sönggi haftalarda Daniyadagi aeroportlar va muhim inşootlar ustida dronlarni kuzatiş natijasida şunday xulosaga keldi. Bu fuqarolik dronlari uçun havo hududining vaqtinça yopilişiga, şuningdek, Kopenhagen va şimoliy Olborg şahri aeroportlarida havo qatnovining töxtatilişiga olib keldi.

Daniya hukumati uçuvçisiz uçoqlar ortida kim turganini hali aniqlamadi, biroq Rossiyani gumon qilmoqda. «Rossiya bizni yaqin orada uruş xavfi borligiga işonişimizni xohlaydi. Ular bizni şu qörquvda yaşaşimizni xohlaydi», — dedi Arenkil.

U, şuningdek, Rossiya harbiy kemalarining «bir neça bor Daniya kemalari bilan töqnaşuv kursida bölganini» misol qilib keltirdi. Ayni paytda harbiy razvedka rahbari bilan birga matbuot anjumani ötkazgan Daniya mudofaa vaziri Troels Lund Poulsen mamlakat Rossiya bilan uruş tomon ketyapti deb hisoblamasligini aytdi.