Falastinning HAMAS harakati AQŞ prezidenti Donald Trampning tinçlik rejasi doirasida Ğazo sektoridagi barça garovga olinganlarni ozod qilişga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda 3 oktyabr, juma kuni AFP axborot agentligi va Al Jazeera telekanali xabar berdi. Amerika yetakçisi HAMASning Tramp taşabbusiga javob matnini Truth Social ijtimoiy tarmoğida e’lon qildi.
Jangçilar «almaşinuv uçun zarur şart-şaroit yaratilsa» barça tirik qolganlar va jasadlarni «prezident Tramp taklif qilgan almaşinuv formulasiga muvofiq» Isroilga topşirişga rozi böldi. «Harakat uşbu kelişuv tafsilotlarini muhokama qiliş uçun vositaçilar orqali zudlik bilan muzokaralarni boşlaşga tayyorligini tasdiqlaydi», deya ma’lum qildi HAMAS.
Guruh, şuningdek, Ğazo sektori boşqaruvini «Falastin milliy konsensusi hamda arab va islom kömagi asosida» mustaqil organga ötkazişga kelişib oldi.
Ayni paytda harakat siyosiy byurosi a’zosi Muso Abu Marzuqning ta’kidlaşiça, garovga olinganlar va halok bölganlarni 72 soat içida topşiriş «hozirgi şaroitda real emas, nazariy masala».
Şu bilan birga, harakat rejada nazarda tutilganidek, qurolsizlaniş masalasini hal qilmadi. Qatardagi HAMAS yetakçilari AQŞ prezidenti taşabbusining ayrim şartlarini özgartirişni talab qilmoqda.












