Isroil AQŞ prezidenti Donald Trampning Ğazo sektori böyiça rejasining birinçi bosqiçini «zudlik bilan amalga oşiriş»ga hozirlik körmoqda. Bu haqda Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning idorasi 4 oktyabr, şanbaga ötar keçasi ma’lum qildi. «Biz Oq uy rahbari va uning jamoasi bilan Isroil tomonidan belgilab berilgan, prezident Trampning qaraşlariga mos keladigan tamoyillarga muvofiq uruşni tugatiş uçun töliq hamkorlikda işlaşda davom etamiz», — deya bayonotni keltiradi AFP.
Isroilning siyosiy rahbariyati öz harbiylariga anklavdagi hujumlarini qisqartirişni buyurdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Amerika yetakçisi avvalroq Falastinning HAMAS harakati Ğazo sektoridagi garovga olinganlarni ozod qilişga va Amerikaning uruşni tugatiş rejasining bir qator boşqa şartlarini bajarişga tayyorligi haqidagi bayonotlari fonida Isroilni Ğazoni bombardimon qilişni zudlik bilan töxtatişga çaqirdi.
Falastinning HAMAS harakati esa AQŞ prezidenti Donald Trampning tinçlik rejasi doirasida Ğazo sektoridagi barça garovga olinganlarni ozod qilişga tayyorligini ma’lum qildi.
Jangçilar «almaşinuv uçun zarur şart-şaroit yaratilsa» barça tirik qolganlar va jasadlarni «prezident Tramp taklif qilgan almaşinuv formulasiga muvofiq» Isroilga topşirişga rozi böldi. «Harakat uşbu kelişuv tafsilotlarini muhokama qiliş uçun vositaçilar orqali zudlik bilan muzokaralarni boşlaşga tayyorligini tasdiqlaydi», deya ma’lum qildi HAMAS.













