Avstriya rasmiylari Yevropa Ittifoqi Raiffeisen Bank International (RBI)ga Rossiyada olgan jarimasi uçun kompensatsiya tölaşini talab qilmoqda. Reuters 3 oktyabr, juma kuni yevropalik diplomatlarga tayanib, Vena tegişli bandni Yevropa Ittifoqining 19-sanksiya paketiga kiritişni sörayotgani haqida xabar berdi.
Şu bilan birga, rossiyalik oligarx Oleg Deripaskaga tegişli bölgan, taxminan 2 milliard yevroga teng bölgan Avstriyaning Strabag quriliş guruhining aksiyalari blokdan çiqarilişi kutilmoqda. Avvalroq Financial Times naşri manbalarga tayanib, Venaning Strabag aksiyalarini blokdan çiqariş va RBI'ga topşiriş talabi haqida xabar bergan edi. Şundan söng, RBI aksiyalari Vena fond birjasida 6 foizga qimmatlaşdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Yevropa komissiyasi va Avstriya taşqi işlar vazirligi agentlikning uşbu ma’lumotni tasdiqlaş haqidagi söroviga javob bermadi, Raiffeisen Bank International rahbariyati esa izoh berişdan boş tortdi.
Yevropa Ittifoqining bir qança davlatlari Avstriya taklifini keskin tanqid qilmoqda, deya qayd etadi Reuters. «Bu yaxşi signal bölmaydi, çunki Raiffeisen haqiqatda Rossiyani tark etişi kerak edi, biroq Germaniya va Avstriya kömagi tufayli buni amalga oşirmadi», — deya yevropalik diplomatning sözlarini keltiradi agentlik.
RBI rahbariyatiga köra, 2025 yilning may oyida Rossiya Markaziy banki "Rayffayzenbanka" hisobraqamidan taxminan 1,87 milliard yevroni rubl ekvivalentida majburan yeçib oldi va summani avval Deripaskaga tegişli bölgan "Rasperia" kompaniyasi hisobiga ötkazdi. Mablağlar RBI'ning Rossiyadagi şu’ba korxonasiga "Rasperia"ga tovon tölaş majburiyatini yuklagan Rossiya sudining qaroridan keyin xatlovga olingan.
"Rayffayzenbank"dan xatlovga olingan summa sud tomonidan belgilangan zararga teng bölib, u hisoblangan foizlarni hisobga olmaganda, taxminan 174 million yevro. "Rasperia" uşbu foizni «istalgan vaqtda» majburiy undirişni talab qilişi mumkin, deya aniqlik kiritdi Avstriya bank guruhi.











