Qöşma Ştatlarning Ukrainaga 2,5 ming kilometrgaça bölgan nişonlarga zarba bera oladigan uzoq masofali Tomahawk raketalarini yetkazib berişi Rossiya-AQŞ munosabatlarining barbod bölişiga olib keladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin aytdi.
«Men allaqaçon aytdimki, bu munosabatlarimizning, har holda bu munosabatlardagi ijobiy tendensiyalarning barbod bölişiga olib keladi», dedi Putin. Şu bilan birga, u vaziyatning rivojlanişi «faqat bizga va faqat menga boğliq emasligini» qöşimça qildi.
Ukrainaga Tomahawk yetkazib beriş taşabbusi prezident Volodimir Zelenskiyning BMT Boş Assambleyasi maydonida prezident Donald Tramp bilan yopiq uçraşuvi çoğida bildirilgan. Ukraina rahbari muzokaralar jarayonini qayta tiklaş uçun Rossiyaga bosimni kuçaytiriş zarurligini ta’kidlab, uşbu qurollarni berişni söragan. Keyinçalik Zelenskiy Tramp sörovga «bu borada işlaş» va’dasi bilan javob berganini tasdiqladi.
Sentyabr oyi oxirida AQŞ vitse-prezidenti Jyeyms Vens ma’muriyat haqiqatan ham Tomahawk qanotli raketalarini Kiyevga topşiriş imkoniyatini muhokama qilayotganini aytib, yakuniy qarorni şaxsan Tramp qabul qilişi kerakligini ta’kidlagan edi.











