Putin “Valday” klubidagi çiqişida Rossiya bir paytlar NATOga a’zo bölişni istaganini aytdi. Lekin aksar tahlilçilar fikriça, Sovet Ittifoqi ham, keyinçalik Rossiya ham NATOga kirişni heç qaçon jiddiy maqsad qilmagan, bu faqat Ğarbni çalğitiş, iqtisodiy yoki siyosiy imtiyoz olişga qaratilgan strategik yolğon bölgan.
Bu haqda ötgan hafta yakunlari böyiça Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilçilar öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
— Putin aytganidek, Rossiya ham NATOga a’zo bölişga intilganmi?
Bektoş Berdiyev: Rossiyaning NATOga a’zo böliş masalasi birinçi marta Sovet Ittifoqi davrida, 1954 yilda kötarilgan edi. Öşa paytda hokimiyat tepasida Stalindan keyin Nikita Xruşçyov davri edi. Sovet Ittifoqi NATOga qöşiliş istagini bildirgan, biroq bu taklif NATO tomonidan rad etilgan. Sababi, NATO aslida Yevropani Sovet Ittifoqi va kommunistik mafkura ta’siridan himoya qiliş maqsadida tuzilgan edi. Şuning uçun Sovet Ittifoqining harbiy alyansga kirişi NATO siyosatiga mutlaqo zid edi. Agar Sovet Ittifoqi NATOga a’zo bölsa, bu taşkilot içida bevosita xavf tuğilar, kommunizm ğoyalari Yevropaga tarqaliş xavfi kuçayardi. Şu bois bu taklif qat’iyan rad etilgan. Vladimir Putin “Valday” klubidagi çiqişida aynan şu tarixiy voqeani eslatib ötgan.
Ikkinçi marta bu masala Sovet Ittifoqi parçalangandan keyin, 1990 yillarda Rossiya tomonidan kötarilgan. Öşa paytda AQŞ prezidenti Bill Klinton “bu masalani körib çiqamiz” deb ehtiyotkorona javob bergan. Lekin keyinçalik NATO a’zolari bilan maslahatlaşuvlardan söng, bu taklif yana rad etildi. Çunki öşa davrga kelib NATO yangi siyosiy konsepsiyani şakllantirgan edi. Rossiya kabi ulkan davlatning ittifoqqa qöşilişi – NATO xavfsizlik tizimiga töğri kelmas edi.
Şundan söng Rossiyaga boşqa format – “NATO plyus Rossiya” hamkorlik mexanizmi taklif qilindi. Bu mexanizm asosida ikki tomon 2008 yilgaça faol hamkorlik qildi. Rossiyaning NATOdagi elçisi orqali muzokaralar kuçaygan, munosabatlar ança iliqlaşgan edi. Biroq 2008 yilda Gruziya va Rossiya örtasida yuz bergan uruş bu jarayonni izdan çiqardi. Şu voqeadan söng NATO davlatlari Rossiyadan uzoqlaşa boşladi, hatto “NATO–Rossiya” hamkorlik formati töxtatildi. 2014 yilda Qrim anneksiyasi bu hamkorlikka butunlay nuqta qöydi.
Kamoliddin Rabbimov: Yuqorida aytilganidek, Rossiyaning NATO bilan munosabatlari ikki davrda körib çiqiladi. Birinçisi Sovet Ittifoqi davri, ya’ni NATO va sotsialistik lager örtasidagi tölaqonli, tizimli qarama-qarşilik bosqiçi. Ikkinçisi esa Sovet Ittifoqi parçalanganidan keyingi, Rossiya Federatsiyasi alohida davlat sifatida harakat qilgan davr.










