2023 yil 7 oktyabr kuni Hamas guruhi öz şafqatsizligi bilan dunyoni şokka solgan bölsa, Isroil bundan ön karra dahşatliroq noinsoniy harakatlari bilan 2 yildirki Ğazodagi qirğinni davom ettirmoqda.
Hamasning öşa kungi hujumida guruh a’zolari Isroilga raketa zarbalari yöllaş bilan birga, Ğazo sektoriga yaqin joylaşgan bir neçta yahudiy manzilgohlariga kirib borib, 1200 dan ortiq kişini, xususan 800 dan ortiq tinç aholi vakillarini öldirdi va 250 dan ortiq kişini asir oldi.
Haliga qadar bu hujum borasida köp çayqovçiliklar bor. Köplab ekspertlar “bunday kölamdagi operatsiyani Isroil oldindan bilmagan bölişi mumkin emas” deydi.
Bu hujumga javoban Isroil Ğazo sektorida Hamasga qarşi misli körilmagan uruş boşladi. Mana, oradan ikki yil ötdiki, bu uruş hali ham davom etyapti.
Uruş boşlanganidan keyin taxminan yarim yil davomida, hatto mintaqadagi qöşni davlatlar ham Isroilni qattiq tanqid qilmadi, “ha, Isroil özini himoya qilmoqda...” degan norasmiy pozitsiyada bölişdi.
Biroq, vaqt ötişi bilan, Isroilning bu uruşidan maqsadi kengroq ekani ma’lum böldi. Isroil Hamasni yöq qilişdan taşqari, butun bir Ğazoni anneksiya qiliş, ğazoliklarni ommaviy yöq qiliş, siqib çiqariş, genotsid qiliş kabi maqsadni közlagani ma’lum böldi.
Uruşning birinçi yilida Isroil Hamas boşliqlarini yöq qildi, jumladan, Eronga borgan Hamas rahbarlari ham yöq qilindi. Şuningdek, Livandagi “Hizbulloh” taşkilotining köplab boşliqlari ham yöq qilindi. Suriyada hokimiyat almaşiş pallasida uşbu davlatga tegişli Jölan tepaliklariga qöşimça ravişda yana ayrim yerlari ham bosib olindi. Isroil AQŞning yordamida Eronga ham 12 kunlik uruş oçdi.
Isroil keyingi ikki yil davomida deyarli barça qöşni davlatlar bilan munosabatlarini batamom yomonlaştirdi. Hatto bir vaqtlar Isroilni tan olgan Misr va Iordaniya ham bugun Isroilning kelajakdagi rejalaridan jiddiy qörqadi. Isroil mintaqada aholi soniga va hududga köra eng kiçik davlat, biroq uning ortida dunyodagi eng katta iqtisodiy va harbiy maşina – AQŞ turişi mintaqani xavotirga soladi.
7 oktyabrdan oldin mintaqadagi köplab davlatlar “Ibrohim kelişuvlari” formatida Isroilni tan oliş va mintaqada haqiqiy tinçlik va barqarorlik örnatiş yölidan ketayotgan edi. Biroq, keyingi ikki yil içida Isroil özining haqiqiy ambitsiyalarini oçiqladi: Falastin heç qaçon bölmaydi, Falastin yerlari töliq okkupatsiya qilinadi, falastinliklar boşqa davlatlarga badarğa qilinadi va kelajakda “Katta Isroil” davlati taşkil qilinadi.











