Bugungi kunda dunyodagi eng yuqori IQ egasi Los-Anjyelesdagi Kaliforniya universiteti professori, 50 yoşli Terens Tao hisoblanadi.
Sciencefocus portalining xabar berişiça, professorning IQ darajasi 230 ballni taşkil etadi. Şu bilan birga, ilgari qayd etilgan eng yuqori körsatkiçlar 200 dan 250 ballgaça bölgan.
«Matematika Motsarti» deb ataladigan Tao töqqiz yoşida universitet darajasida matematik analizni örganişni boşladi va 16 yoşida Prinston universiteti aspiranturasiga öqişga kirdi. 20 yoşida yigit Prinstonda doktorlik darajasini oldi, tört yildan söng professor böldi.
Terens Tao matematika böyiça köplab nufuzli mukofotlar, jumladan, tört yilda bir marta topşiriladigan Filds medali sohibidir. 10 yoşida u Xalqaro matematika olimpiadasining (IMO) eng yoş iştirokçisiga aylandi va bronza medalini qölga kiritdi - bu rekord hali heç kim tomonidan yangilanmagan.
Tao 18 ta kitob va 300 dan ortiq ilmiy işlar muallifi. Ben Grin bilan birgalikda u tub sonlardan istalgança uzun arifmetik progressiyalar mavjudligi haqidagi teoremani isbotladi - bu sonlar nazariyasida matematika olamini larzaga solgan yangilik edi.
2025 yilda Tao ChatGPT Python tilida kod yaratiş orqali matematik masala ustida soatlab iş vaqtini tejab qolganini oçiq tan oldi - sun’iy intellekt professorga yordam bergan kamdan-kam holat.
Ma’lumot uçun: IQ testi (Intelligence Quotient, intellekt koeffitsiyenti) - bu insonning kognitiv qobiliyatlarini: mantiq, xotira, muammolarni hal qiliş va keng fikrlaşini baholaydigan standartlaştirilgan topşiriqlar töplami. Örtaça ball - 100; 130 dan yuqori ball - yuqori intellektni anglatadi. Test ijodkorlik yoki hissiy intellektni ölçamaydi.











