Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Hamas va Isroil muzokaralari
Xalil al-Hayya boşçiligida Hamas rasmiylari 5 oktyabr kuni Isroil bilan muzokaralar ötkaziş uçun Qohiraga yetib keldi. AQŞ esa bu muzokaralar Ğazoda janglarni töxtatiş va garovdagilarni ozod etişiga umid qilmoqda.
Isroil muzokaraçilari — strategik masalalar vaziri Ron Dermer boşçiligidagi delegatsiya ham bugun Şarm aş-Şayxga keladi.
«Hamas bu borada jiddiy yoki yöqligini biz juda tez bilamiz — bu texnik muzokaralarda logistik tafsilotlar böyiça qanday harakat qilişiga qarab ma’lum böladi», - dedi AQŞ davlat kotibi Marko Rubio yakşanba kuni.
Tramp yakşanba kuni muzokaralar «tez sur’atda rivojlanayotganini» bildirdi. «Menga aytilişiça, birinçi bosqiç şu hafta yakunlanişi kerak. Men esa hammadan 'TEZ HARAKAT QILINĞ deb sörayapman», - deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi postida. Birinçi bosqiçda garovdagilarni ozod etiş evaziga falastinlik mahbuslarni ozod qiliş masalasi köriladi.
Tramp avvalroq Ğazodagi janglarni tugatiş, qolgan garovdagilarni ozod etiş va hududning kelajagini belgilaşga qaratilgan 20 bandlik rejani ilgari surgan. Isroil ham, Hamas ham rejadagi ayrim qismlarga rozilik bildirgan.
Tramp Hamasning javobini olqişlab, guruh «barqaror tinçlikka tayyor ekanini» körsatdi, dedi. Şuningdek, u Isroildan Ğazoni bombardimon qilişni darhol töxtatişni talab qildi, biroq hujumlar töxtamadi. Yakşanba kuni samolyotlar va tanklar butun sektor böylab zarbalar berib, kamida 19 kişini öldirdi.
Ikki tomon ham uruşdan qattiq çarçagan: ğazoliklar sulh haqidagi gaplarni xavotir va umid bilan qarşi olgan bölsa, Netanyahu bosim ostida qolmoqda. Garovdagi oilalar va uruşdan çarçagan jamoatçilik bir tomondan, yana bir tomondan esa Ğazodagi uruşni davom ettirişni talab qilayotgan koalitsiyadagi siyosatçilar bosim bermoqda. Xususan, Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir Ğazodagi uruş tugasa, Netanyahu hukumatini ağdariş bilan tahdid qilmoqda.
Rossiya–Ukraina uruşi
Rossiya qöşini 5 oktyabrga ötar keçasi Ukraina böylab navbatdagi marta yopirilma hujumini amalga oşirdi. Volodimir Zelenskiyning sözlariga köra, Rossiya armiyasi 50 dan ortiq raketa va 500 ga yaqin drondan foydalangan. Jami töqqiz oblast – Lviv, Ivano-Frankovsk, Zaporijjya, Çernihiv, Sumi, Xarkiv, Xerson, Odessa va Kirovograd zarbalar ostida qolgan.










