Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning ta’kidlaşiça, KXDR Vaşingtonning Janubiy Koreyada qöşinlarni köpaytirişiga javoban «maxsus resurslar»ni işga tuşirgan. KMTA (KCNA) axborot agentligi Şimoliy Koreya yetakçisining sözlarini 5 oktyabr, yakşanba kuni keltirdi. Siyosatçi Koreya Mehnat partiyasi taşkil etilganining 80 yilligiga bağişlangan harbiy körgazmaga taşrif buyurdi.

«Duşmanlarimiz öz xavfsizligi haqida qayğurişi kerak, deb öylayman», dedi Kim Çen In.

«AQŞ-Janubiy Koreya yadroviy ittifoqi şiddat bilan rivojlanmoqda va ular xavfli ssenariylarni amalga oşiriş uçun turli maşğulotlar ötkazmoqda», — deya uning sözlarini keltiradi AFP. «AQŞ Janubiy Koreya mintaqasida harbiy salohiyatini oşirar ekan, bu mintaqaga nisbatan bizning strategik xavotirlarimiz ham ortib bormoqda», — deya qöşimça qildi siyosatçi.

KMTA qaysi «maxsus resurslar» haqida gapirilayotganiga aniqlik kiritmadi. Agentlik tomonidan çop etilgan fotosuratlarda Kim Çen In yopiq körgazma markazida Şimoliy Koreya generallari qurşovida qurollar, jumladan, raketa yonidan ötayotganini köriş mumkin.

Janubiy Koreya hukumati rasmiylariga köra, Şimoliy Koreya Rossiya bilan harbiy aloqalarini mustahkamlaşda davom etmoqda. Kim Çen In Xitoy bilan ham munosabatlarni çuqurlaştirmoqda. Sentyabr oyida u Pekinga taşrif buyurdi.

AFP ma’lumotlariga köra, AQŞ Şimoliy Koreyadan kelayotgan harbiy tahdidlarga qarşi turiş uçun Koreya yarimorolining janubiy qismiga taxminan 28 500 askarini joylaştirgan. Sentyabr oyida Vaşington 15-19 sentabr kunlari xavfsizlik böyiça ittifoqçilari Janubiy Koreya va Yaponiya bilan Iron Mace qöşma harbiy maşğulotlarini ötkazdi.