Moskvaning jamoat joylari, savdo va oziq-ovqat markazlari, yotoqxonalar va boşqa nuqtalarida ötkazilgan 7632 ta reyd natijasida 1400 nafarga yaqin migrantni çiqarib yuboriş töğrisida qarorlar qabul qilindi, ularning 450 nafardan ortiği Rossiyadan deportatsiya qilindi. Bu haqda Rossiya Içki işlar vazirligining Moskva böyiça boş boşqarmasi joriy yil 9 oyi yakunlari böyiça ma’lum qildi.
«Migratsiya sohasida 58 mingdan ortiq huquqbuzarliklar aniqlandi, ulardan aksariyati - 15 mingta holat - çet el fuqarosi yoki fuqaroligi bölmagan şaxs tomonidan Rossiyaga kiriş yoki Rossiyada böliş (yaşaş) qoidalarini buziş bilan boğliq», deyiladi xabarda.
Şuningdek, 5 mingdan ortiq mahalliy iş beruvçi çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni mehnat faoliyatiga jalb qiliş qoidalarini buzgan.
Şuningdek, turli jinoyatlar, jumladan, oğir jinoyatlarni sodir etgani uçun qidiruvda bölgan 242 nafar, xavfli kasalliklarga çalingan 430 nafar, Rossiya hududiga soxta hujjatlar bilan kirgan 100 nafar şaxs aniqlangan.
Avvalroq, 22 sentabr kuni Rosgvardiya xodimlari Krasnoyarskda özbekistonlik xonandaning konsertiga bostirib kirib, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan 26 nafar fuqaroni qölga olgan edi.











