Prezident qarori bilan amaliyot ötaş, malaka oşiriş va işga joylaştiriş jarayonlarini raqamlaştiriş orqali soddalaştiriş vazifasi qöyilgan.
Oliy va kasbiy ta’lim taşkilotlari bitiruvçilarining amaliyot ötaşi va işga joylaştirilişi jarayonlarini raqamlaştiriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantiriş markazi tomonidan maxsus elektron platforma işlab çiqiladi.
Şunday qilib, tasdiqlangan nizomga muvofiq:
amaliyotga yönaltiriş va işga joylaştiriş elektron platforma vositasida amalga oşiriladi;
bitiruvçilarning amaliyotini taşkil etiş böyiça şartnoma elektron platformada röyxatdan ötkaziladi;
oliy va kasbiy ta’lim taşkilotlari bitiruvçilarining işga joylaşişini monitoring qiliş elektron platformani "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga integratsiya qiliş yöli bilan amalga oşiriladi.
Ta’lim taşkiloti har yili yakuniy davlat attestatsiyasi xulosasi asosida bitiruvçilar töğrisidagi ma’lumotlarni platformaga kiritadi.
Korxona (taşkilot) har oyning 25-sanasiga qadar dasturga zarur kadrlar ma’lumotlarini, şu jumladan vakant lavozimlarni kiritadi. Ta’lim taşkiloti esa har yili avgust oyida "Elektron hukumat" tizimining idoralararo integratsiyalaşuv platformasi orqali platformaga işga joylaşgan bitiruvçilar töğrisidagi ma’lumotlarni kiritadi.











