Toşkent şahrida özini prezident administratsiyasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimi sifatida taniştirib yurgan şaxs jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Toşkent şahar IIBB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda poytaxtning Yakkasaroy tumanida 33 yoşli Javohir Orifjonov boşqaruvidagi Lacetti YPX xodimi tomonidan töxtatilgan. Hujjatlarni tekşiriş jarayonida haydovçi özining Davlat xavfsizlik xizmati xodimi ekanini ma’lum qilib, yöl-patrul xizmati inspektoriga DXXga tegişli bölgan guvohnomani körsatgan. Şuningdek, Javohir Orifjonov uni qöyib yuborişlarini iltimos qilib, göyoki yuqori lavozimda işlovçi rahbar tanişiga qönğiroq qilgan. Uşbu şaxs yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xodimiga uni qöyib yuboriş böyiça körsatma bergan.
Ammo huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari özini şubhali tuta boşlagan şaxsning ma’lumotlarini tekşirib körgan. Natijada fuqaro körsatgan xizmat guvohnomasi qalbaki ekani, DXXga umuman aloqasi yöqligi ma’lum bölgan. Gumonlanuvçi şu joyning özida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Olib borilgan suriştiruvlar natijasida Javohir Orifjonovning yana bir qator boşqa qilmişlari oşkor bölgan. U odatda özini prezident administratsiyasi va huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimi sifatida taniştirgan hamda soxta mansabdor şaxs niqobi ostida şaxsiy masalalarini hal qilib kelgan. Bunda u oldindan tayyorlab olgan soxta guvohnomalardan foydalangan.
“Men özimni prezident administratsiyasida işlovçi Alişer Sulaymonov deb taniştirganman. Undan keyin özim yana qaytib çiqib, öşa kişining jiyani bölaman, iltimos, ozgina yordamingiz kerak, deb özimning işlarim tezroq hal bölişi uçun yordam söraganman. Judayam notöğri bu, keçiringlar meni”, degan Javohir Orifjonov.
Sud hukmi bilan Javohir Orifjonov Jinoyat kodeksining 228-moddasi (Hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) 2-qismi “a, b” bandlari va 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilişda aybli deb topilgan. Unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni manzil koloniyalarda ötaş belgilangan.
Toşkent şahar IIBB Javohir Orifjonovning jinoiy qilmişlaridan jabr körgan fuqarolar bölsa, yaqin oradagi işçi işlar organlariga yoki 102 raqamiga xabar berişlarini söragan.











