Italiyalik 52 yoşli mutaxassis Fabio Kannavaro rasman Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda ÖFA matbuot xizmati xabar berdi.
«Özbekiston futbol assotsiatsiyasi 3 karra Jahon çempionati iştirokçisi, 2006 yilgi Jahon çempionati ğolibi, yaqin ötmişning eng yaxşi himoyaçilaridan biri, taniqli mutaxassis – Fabio Kannavaro bilan şartnoma tuzdi.
Italiyalik murabbiy jamoamizni AQŞ, Kanada va Meksika maydonlarida ötadigan Jahon çempionatiga tayyorlaydi», – deyiladi ÖFA bayonotida.

Murabbiylar ştabida Kannavaroga quyidagi mutaxassislar yordam beradi:
- Aujyenio Albarella – yordamçi murabbiy (Yaponiya milliy jamoasi, «Yuventus», «Udineze» va «Dinamo Zagreb»da işlagan);
- Troize Fransesko – jismoniy tayyorgarlik böyiça murabbiy («Benevento», «Udineze» va «Dinamo Zagreb»da faoliyat yuritgan);
- Antonio Kimenti – darvozabonlar murabbiyi (Italiya yoşlar jamoasi, «Sampdoriya» va «Spal» klublarida işlagan).
ÖFA xabarida yangi jamoa bilan şartnomaning boşqa tafsilotlari keltirilmagan, xususan, şartnoma muddati va moliyaviy jihatlari noma’lumligiça qolgan. Oldinroq rus naşrlarida Kannavaro va ştabining yillik maoşi miqdori 4 mln yevro atrofida bölişi haqida xabar tarqalgandi.
Hozirça milliy jamoani 2025 yil yanvaridan buyon boşqarib turgan Timur Kapadzening keyingi faoliyati noma’lum bölib turibdi, manbalar u yangi ştabdan örin olişi haqida xabar tarqatgan.
Ma’lumot uçun, Kannavaro futbolçi sifatida Italiyaning qator klublarida, xususan, «Napoli», «Inter» va «Yuventus»da töp surgan, 2006-2009 yillarda Madridning «Real» klubi a’zosi bölgan. U 2006 yilgi jahon çempionatida Italiya milliy jamoasi bilan ğolib çiqqan, öşa mavsum yakunida «Oltin töp» mukofotini qölga kiritgan. U hozirgaça uşbu mukofotga ega çiqqan yagona himoyaçi bölib qolmoqda.
Ammo uning murabbiylik faoliyati u qadar yorqin keçmagan. Uning dastlabki iş joyi Xitoyning «Guançjou Evergrand» klubi bölgan (2014-2015), keyinroq Saudiya Arabistonining «An-Nasr» (2015-2016), Xitoyning «Tyanszin» (2016-2017), «Guanjçou» (2017-2021) klublarida işlagan, 2019 yilda bir muddat Xitoy milliy jamoasini boşqargan, söngra Italiyaning «Benevento» (2022-2023) hamda «Udinize» (2024) klublarida faoliyat yuritgan. Sönggi iş joyi Xorvatiyaning «Dinamo» Zagreb klubi bölib turgandi. U 2024 yil dekabrida uşbu jamoa boş murabbiyi etib tayinlangan, ammo 2025 yil aprelida qoniqarsiz natijalar tufayli iste’foga çiqarilgan edi.











