Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiya bosh vaziri Fitso Ukraina haqida: «Bu bizning urushimiz emas»
Slovakiya hukumatining maqsadi Rossiya ustidan g‘alaba qozonish emas, balki Ukrainadagi urushni tezda tugatish, dedi bosh vazir Robert Fitso. Uning hisob-kitobiga ko‘ra, bu urush «boshlanganidan uch oy o‘tib tugashi mumkin edi».
Foto: Tetiana Dzhafarova/AFP/Getty Images
Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso Yevropa Ittifoqining Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi borasidagi siyosatini yana bir bor tanqid qildi. «Urush yechim emas. Agar Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi urushga sarflagani kabi tinchlikka ham ko‘p kuch sarflaganida, urush allaqachon tugashi mumkin edi», dedi u 5 oktyabr, yakshanba kuni Slovakiya televideniyesida.
Siyosatchi Qizil armiyaning Karpat-Dukla operatsiyasi 81 yilligiga bag‘ishlangan teledasturda chiqish qildi. O‘sha operatsiya esa hozirgi Slovakiyani vermaxt qo‘shinlaridan ozod qilishga olib kelgan.
Fitsoning so‘zlariga ko‘ra, uning hukumati tashqi siyosatdagi maqsadi Rossiya ustidan g‘alaba qozonish emas, aksincha, «slavyanlar bir-birini o‘ldirishni bas qilishi uchun» Ukrainadagi urushni tezroq tugatishdir. «Urush boshlanganidan uch oy o‘tib tugashi mumkin edi», dedi siyosatchi va «kimdir bu mojarodan Rossiyaga qarshi kurashda foydalanmoqchi bo‘lgan», deya qo‘shimcha qildi.
Fitso hech qachon Slovakiyaning «har qanday harbiy avantyuraga tortilishiga» yo‘l qo‘ymasligi va hech qachon «urush davridagi bosh vazir» bo‘lmasligi haqida ogohlantirdi. Ukrainadagi urush «bizning urushimiz emas», dedi Slovakiya bosh vaziri.
«Yevropa Ittifoqi sammitlarida ular Rossiyani qanday mag‘lub etish haqida gapiradi. Bu odamlar urush nimani anglatishini tushunadimi yoki yo‘qmi, bilmayman. Balki kimdir kelib, odamlarga aql bovar qilmaydigan azob-uqubatlarni aytib berishi kerak», — deya qo‘shimcha qildi u Ikkinchi jahon urushi voqealariga ishora qilib. Fitsoning so‘zlariga ko‘ra, ularning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Mavzuga oid
09:33
Zelenskiy va Uitkoff 15 dekabrda Germaniyada muzokaralarni davom ettiradi
08:40
Ukrainaning Belgorodga bergan zarbasidan keyin infratuzilmaga zarar yetdi
08:31
Uitkoff Berlindagi uchrashuvdan so‘ng: o‘t ochishni to‘xtatishga yaqinlashdik
20:30 / 14.12.2025