Moskvadan uchgan Rossiya layneri qo‘nish vaqtida ikkinchi aylanaga ketishga majbur bo‘lgan. Bunday hollarda ushbu jarayon standart hisoblanadi. Samolyot 01:50 da qo‘ndi.

O‘zbekistonning MyFreighter yuk operatorining Afinadan parvoz qilgan samolyotida ham xuddi shunday holat yuz berdi. Samolyot kutish hududida biroz vaqt bo‘lganidan so‘ng Toshkentga qo‘ngan. Bu u oldindan belgilangan marshrut bo‘ylab aylanib, qo‘nishga ruxsat kutganini anglatadi.

Qirg‘izistonda 6 oktyabrga o‘tar kechasi 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila episentri Jalolobod viloyatida, 10 kilometr chuqurlikda joylashgan, u yerda uning kuchi 7,0 ballga yetgan. Yer silkinishi O‘zbekistonning bir qancha viloyatlarida, jumladan, poytaxt Toshkentda ham sezildi (2-3 ball).