5 oktyabr, yakşanba kuni e’lon qilingan Yevropa Ittifoqining taşqi işlar böyiça oliy vakili Kaya Kallas va Kengayiş, şarqiy qöşniçilik, qayta quriş va Ukraina böyiça komissari Marta Kosning qöşma bayonotiga köra, Gurjistondagi munitsipal saylovlar muxolifatga qarşi «keng qamrovli repressiya şaroitida» ötkazildi.
«Mustaqil ommaviy axborot vositalariga qarşi bir neça oy davom etgan reydlar, fuqarolik jamiyatiga qarşi qonunlar, muxolifat a’zolari va faollarining hibsga olinişi, saylov qonunçiligiga hukmron partiya foydasiga kiritilgan özgartirişlar adolatli saylovlar ötkaziş imkoniyatini keskin çeklab qöydi», — deyiladi bayonotda. Gurjiston tomonining xalqaro kuzatuvçilarni iştirok etişiga ruxsat bermasligi «saylov jarayonining şaffofligiga putur yetkazdi».
Mamlakatdagi ehtimoliy yangi ommaviy norozilik namoyişlari oldidan Kallas va Kos namoyişçilar va Gurjiston hukumatini «xotirjamlik va vazminlikni» saqlaşga çaqirdi. Şuningdek, ular fuqarolarning yiğilişlar va söz erkinligi huquqlarini hurmat qilişni söradi.
Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga köra, ovozlarning 75 foizi sanab bölingandan keyin hukmron «Gurjiston orzusi» 81 foiz ovoz bilan yetakçilik qilmoqda. U barça munitsipalitetlarda ğalabani e’lon qildi. Tbilisida Kaxa Kaladze mer lavozimini saqlab qoldi. Boş vazir Irakliy Kobaxidze partiya va merni ğalaba bilan tabriklar ekan, «Gurjiston orzusi»ning faxriy raisi, partiya asosçisi Bidzina Ivanişviliga öz minnatdorçiligini bildirdi.
Saylovda «Gurjiston orzusi»dan taşqari quyidagi partiyalar ham iştirok etdi: «Kuçli Gurjiston– Lelo» (6,775 foiz), "Gaxariya – Gurjiston uçun" (3,872 foiz), "Girçi" (3,291 foiz) va "Konservatorlar – Gurjiston uçun" (2,765 foiz), şuningdek, bir foizdan kam ovoz olgan bir qator kiçikroq partiyalar.
Biroq kuzatuvçilar tomonidan keng tarqalgan qonunbuzarliklar haqida xabar berilmagan. Saylovlar YeXHT xalqaro kuzatuvçilari iştirokisiz ötkazildi, çunki Gurjiston rasmiylaridan taklif juda keç kelgan. Ovoz berişni kuzatiş uçun mahalliy nodavlat taşkilotlar ham yöq edi. Saylov arafasida rasmiylar köplab xorijiy jurnalistlarga kirişga ruxsat bermadi.











