Finlandiya Rossiyadan olib kelingan barça tovarlarga bojlar joriy qilmoqçi. Bu haqda Finlandiya taşqi işlar vaziri Elina Valtonen 6 oktyabr, duşanba kuni Varşavada Polşa taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorskiy bilan insoniy ölçov böyiça Varşava konferensiyasi doirasidagi uçraşuvdan söng bayonot berdi. 

«Biz duç kelayotgan qiyinçiliklarni aniq tuşunişimiz kerak», deb yozdi Valtonen öşa kuni X mikroblogida. «Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzkor uruşi nafaqat xalqaro huquqni qöpol ravişda buziş, balki Helsinki yakuniy akti asosidagi tamoyillarga ham hujumdir. Bu Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligiga töğridan töğri tajovuz, şuningdek, Yevropada tinçlikni ta’minlagan me’yorlarni oçiqdan oçiq rad etişdir. Bu nafaqat xalqaro huquqning buzilişi, balki insoniyatning öziga ham hujumdir».

Avvalroq Finlandiya taşqi işlar vaziri öz mamlakatining Polşa bilan xavfsizlik sohasida muvaffaqiyatli hamkorligini ta’kidlagan edi: «Finlandiya va Polşani nafaqat Boltiq dengizi, balki Yevropani yanada xavfsiz va farovon qiliş istagi ham birlaştiradi», deb yozgan u. «Biz Ukrainani qöllab-quvvatlaşda va Rossiyaning tajovuzkor uruşini davom ettiriş qobiliyatini zaiflaştiriş istagida sobit bölib qolamiz».

Öz navbatida, Polşa taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorskiy 6 oktyabr kuni Finlandiya öz mamlakatining Yevropa Ittifoqi va NATOdagi eng işonçli hamkorlaridan biri bölib qolayotganini aytdi. U, şuningdek, Varşava va Helsinkining Ukrainani qöllab-quvvatlaş uçun muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalaniş böyiça umumiy pozitsiyasiga işora qildi.

Şu bilan birga, Polşaning TVP jamoat teleradiokompaniyasi öz veb-saytida yozganidek, Sikorskiy Finlandiyaning fuqarolik mudofaa tizimini yuqori baholadi va dengiz xavfsizligi uçun ham, Boltiq dengizi ekotizimiga ham jiddiy xavf tuğdiradigan Rossiyaning «soya floti» bilan kuraşişda birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirişga çaqirdi.