Misrning Şarm aş-Şayx şahrida Isroil va Falastinning HAMAS taşkiloti örtasida tinçlik muzokaralarining birinçi raundi yakunlandi. Bu haqda Reuters 7 oktyabr, seşanbaga ötar keçasi Falastin rasmiysiga tayanib xabar berdi.
6 oktyabr kungi muzokaralar çoğida HAMAS boşqa narsalar qatori garovga olinganlarni ozod qiliş jarayoniga oid qaraşini, şuningdek, Isroil qöşinlarini Ğazo sektoridan olib çiqiş kölami va jadvalini bayon qildi. Yevropa Ittifoqi va Qöşma Ştatlar tomonidan terrorçi taşkilot deb topilgan taşkilot, şuningdek, Isroilning doimiy öt oçişni töxtatiş va qöşinlarni töliq olib çiqişi masalasi böyiça xavotir bildirdi.
Şunga qaramay, muzokaralarning birinçi raundi «ijobiy muhitda» yakunlandi, deb yozadi dpa arab OAVga, AFP esa Misr davlat matbuotiga tayanib. Tomonlar muzokaralarni 7 oktyabr kuni davom ettirişi kutilmoqda.
Şarm aş-Şayxdagi muzokaralar 6 oktyabr kuni boşlandi. Tomonlar birinçi navbatda Tramp ma’muriyati tomonidan 29 sentabrda taklif etilgan Ğazo sektoridagi uruşni tugatiş böyiça 20 banddan iborat rejani muhokama qilmoqda. Boşqa narsalar qatori, unda HAMAS tomonidan garovga olingan isroilliklarni ozod qiliş va Isroil armiyasini Falastin hududidan bosqiçma-bosqiç olib çiqib ketiş talab etiladi. Isroil, öz navbatida, umrbod qamoq jazosini ötayotgan 250 nafar falastinlik mahbusni ozod qilişi kerak.
Sentyabr oyi oxirida Vaşingtonga taşrifi çoğida Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Trampning rejasini qöllab-quvvatlagan edi. HAMAS vakillari ham oktyabr oyi boşida AQŞ prezidenti taklif qilgan fikrlarga qisman rozi böldi.













