AQŞ prezidenti Donald Tramp hukumat faoliyati töxtatilişi munosabati bilan federal amaldorlarni işdan böşatiş boşlanganini e’lon qildi. 5 oktyabr, yakşanba kuni Vaşingtondagi Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda Tramp: "Yakuniy işdan böşatiş jarayoni allaqaçon boşlangan", dedi.
«Bularning barçasi demokratlar tufayli. Demokratlar köp iş örinlarining yöqolişi uçun javobgardirlar», deya qöşimça qildi respublikaçi. U işdan böşatiş tafsilotlarini oçiqlamasdan mavzuni keskin özgartirdi.
Budjetni muzlatib qöyiş, şatdaun tufayli taxminan 750 000 federal xodim majburiy tölanmaydigan ta’tilga çiqarilgan. Havo harakatini boşqariş, politsiya, çegarani himoya qiliş va tez tibbiy yordam xizmatlarini öz içiga olgan asosiy xizmatlar uçun istisnolar mavjud. Tramp dastlab agar şatdaun davom etsa, ommaviy işdan böşatişlar bilan tahdid qilgan.
Kongress yana vaqtinçalik budjet böyiça kelişa olmaganidan söng, 1 oktyabr kuni şatdaun rasman boşlandi. Öşandan beri respublikaçilar va demokratlar yetakçilari örtasidagi muzokaralar töxtab qolgan. Muxolifat vakillari kam ta’minlangan fuqarolar uçun Obamacare tibbiy suğurta dasturini hukumat tomonidan qöllab-quvvatlaşda murosaga bormasligini aytdi.











