Uşbu hujjat davlat boşqaruvi, ekologik va yer nazorati samaradorligini oşiriş, tabiiy resurslarni monitoring qiliş, şuningdek, agrar sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etişni maqsad qilgan.
2026 yildan boşlab amalga oşiriladigan çoralar:
- geologiya, ekologiya va yerdan foydalaniş sohalarida qoidalar buzilişi holatlarini aniqlaş uçun yiliga kamida 3 marta davlat kosmik monitoringini taşkil etiş;
- barça asosiy vazirlik va idoralarning ma’lumotlari integratsiya qilinişi közda tutilgan Space Gov Monitoring (SGM) yagona raqamli platformasini yaratiş;
- energetika, transport, suv xöjaligi va kosmik ta’lim sohalarida pilot loyihalarni joriy etiş;
- aerokosmik ma’lumotlardan foydalaniş böyiça hududiy reyting tizimini joriy etiş;
- Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining hududiy vakolatxonalarini rivojlantiriş va kadr salohiyatini mustahkamlaş.
Atrof-muhitni muhofaza qilişga alohida e’tibor qaratilgan: qöpol ravişda örmonlarni kesiş, paxtadan keyin qolgan poyalarni yoqiş va boşqa noqonuniy harakatlar kosmik ma’lumotlar orqali kuzatiladi. Monitoring natijalari böyiça undirilgan jarimalar va yetkazilgan zararning ma’lum qismi agentlik rivojiga yönaltiriladi.
Şuningdek, quyidagilar nazarda tutilgan:
Qişloq xöjaligida Milliy bilim va innovatsiyalar markazining tuman darajasida filiallarini taşkil etiş;
suğoriş samaradorligini oşiriş maqsadida gidromodul hududlari çegaralarini qayta körib çiqiş va suv hisoblagiç uskunalarini örnatiş.
Uşbu farmon davlat nazoratining raqamli transformatsiyasi va qişloq xöjaligi hamda u bilan boğliq sohalarda ilmiy asoslangan boşqaruvni kengaytiriş uçun texnologik poydevor yaratadi.











