Italiya safida 2006 yilgi mundial chempioni bo‘lgan Fabio Kannavaro oradan 20 yil o‘tib murabbiy sifatida jahon chempionatida ishtirok etadi. Italiyalik mutaxassisning O‘zbekiston milliy jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishi chet el matbuotida qanday kutib olindi? Kun.uz bu boradagi munosabatlarni bir sahifaga jamladi.
O‘z vaqtida Italiya milliy jamoasida Kannavaro bilan yelkama-yelka to‘p tepgan, hozirda esa ushbu jamoani boshqarayotgan Jyennaro Gattuzo ushbu tayinlov haqida o‘z uslubida hazil qildi.
«Men Kannavaroga qo‘ng‘iroq qildim: Bu nimasi endi? Atir sepding, sochingni gellading va jahon chempionatiga ketyapsan. Men esa bu yerda yo‘llanma uchun kurashib yotibman», – degan sobiq futbolchi.
FIFA prezidenti Janni Infantino ushbu tayinlovga birinchilardan bo‘lib reaksiya bildirdi. Futbol amaldori Kannavaroni mundialda ishtirok etishi bilan qutladi. Shu bilan birga, Infantino Kannavaroning Italiya sardori sifatida 20 yil avval mazkur musobaqa bosh sovrinini ko‘targani, endi O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida mundialda ishtirok etishini alohida qayd etdi.
Yaqin o‘tmishning eng taniqli murabbiylaridan biri, italiyalik taniqli mutaxassis Fabio Kapello esa «Kannavaroning tayinlanishi – juda yaxshi tanlov» bo‘lganini bildirdi.
«U juda katta tajribaga ega va aniq O‘zbekiston milliy jamoasiga yordami tegadi», – deydi Italiya milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi.
Ispaniyaning mashhur AS nashri jurnalisti Alexandro Sato ushbu tayinlov haqida yozarkan, «Kannavaro murabbiy sifatida ilk jiddiy chaqiriqqa duch kelgani»ni ta’kidlagan. U italiyalik mutaxassisning oldida rivojlanish bosqichidagi jamoadan raqobatbardosh loyiha yaratishdek qiziqarli, ayni paytda juda murakkab vazifa turganini qayd etdi.
Amerikaning FoxSpors nashri Kannavaro tayinlovi haqida e’lon qilgan maqolada «bu o‘zbek futboli tarixida yangi sahifa ochilishi» ekani







