Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida körib çiqilgan qonun loyihasiga köra, şaxsning tasvirini suratga oliş va foydalaniş uçun majburiy ravişda roziligini oliş talabi joriy etiladi. Şuningdek, bolalar ham öz tasviri böyiça mustaqil huquq sub’yekti hisoblanişi belgilab qöyildi.

Foto: Qonunçilik palatasi

Hujjatda, şuningdek, qaysi hollarda şaxsning roziligisiz tasvirga oliş va tasvirdan foydalaniş mumkinligi hamda videokuzatuv amalga oşirilayotganda şaxsiy hayot daxlsizligini ta’minlaş böyiça talablar aniq belgilab berilgan.

Qonun loyihasining ikkinçi öqişga tayyorlanişi jarayonida turliça yondaşuvlarni oldini oliş va qonun normalarini aniq hamda bir xil tarzda qöllaşni ta’minlaş maqsadida bir qator özgartişlar kiritilgan. 

16 yoşga tölmagan bolalarni tasvirga oliş yoki ularning tasviridan foydalanişda rozilik ularning ota-onasidan biri yoki ota-ona örnini bosuvçi şaxs tomonidan berilişi şart ekani belgilandi.

Şu bilan birga, jamoat joylariga videokuzatuv tizimlari örnatilganda, bu haqda körinib turadigan va oson tuşunilgan holdagi ogohlantiruvçi belgi joylaştirilişi majburiy hisoblanadi.

Bundan taşqari, videokameralarni örnatiş taqiqlangan joylar ham aniq körsatib ötilgan — masalan, kiyim almaştiriş xonalari va hojatxonalarda.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.