Qozoğiston Soğliqni saqlaş vazirligi «Tibbiy yösindagi majburlov çorasini qöllaş qoidalarini tasdiqlaş töğrisida»gi buyruqqa özgartirişlar kiritdi.

Hujjatga köra, voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarşi jinoyat sodir etganlik uçun hukm qilingan şaxslarga nisbatan kimyoviy kastratsiya (biçiş) ozodlikka çiqişdan 6 oy oldin qöllaniladi. Bunda kastratsiya majburlov çorasi sudning qonuniy kuçga kirgan qarori asosida amalga oşiriladi.

Şu munosabat bilan muassasa ma’muriyati jazoni ötaş muddati tugaşidan kamida 12 oy oldin mahbusda ruhiy nuqsonlar va jinsiy zöravonlikka moyillik mavjudligi (mavjud emasligi) töğrisidagi masalani hal qiliş uçun sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlaş uçun materiallarni sudga yuboradi.

Ta’kidlanişiça, bu normalar ruhiy holatning aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda buzilganligi aniqlangani munosabati bilan sudning qaroriga köra tibbiy yösindagi majburlov çoralari qöllanilayotgan mahkumlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qozoğistonda bolalarni zörlaganlarga nisbatan kimyoviy kastratsiya qöllaş 2018 yildan boşlab joriy etilgan. Muolaja faqat sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasiga köra voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarşi jinoyat sodir etişga moyil deb topilgan şaxslarga nisbatan sud hukmi bilan amalga oşiriladi.

Ötgan yilning fevral oyida qozoğistonlik deputatlar bolalarni zörlaganlarni jarrohlik yöli bilan kastratsiya qilişni taklif qilgan edi. Ammo taşabbus hozirça amalga oşirilmadi.