Nizomga köra, statistika uslubiyotlari Özbekiston Milliy statistika qömitasi tomonidan auditdan ötkaziladi.

Tayyorlovçining statistika uslubiyotlarini auditdan ötkaziş Milliy statistika qömitasi tomonidan statistikani işlab çiquvçilar bilan kelişgan holda har yili tasdiqlanadigan reja-jadvalga asosan taşkil etiladi.

Bunda tayyorlovçida statistika uslubiyotlarini auditdan ötkaziş beş yilda kamida bir marta ötkaziladi.

Quyidagilar auditning asosiy vazifalari hisoblanadi:

 🔸 foydalanilayotgan statistika uslubiyotlarining xalqaro tavsiyalarga muvofiqligi yuzasidan baholaş;
🔸 tayyorlanayotgan va e’lon qilinayotgan statistika ma’lumotlarining foydalanilayotgan statistika uslubiyotlariga mosligini aniqlaş;
🔸aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etişga, statistika uslubiyotlarini va statistika ma’lumotlarini tayyorlaş faoliyatini takomillaştirişga qaratilgan takliflar hamda tavsiyalar işlab çiqiş.

Milliy statistika qömitasi har yili 1 dekabrga qadar tayyorlovçining statistika uslubiyotlarini auditdan ötkaziş böyiça kelgusi yil uçun audit ötkaziş reja-jadvalini tasdiqlaydi.