Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Hamas-Isroil muzokaralari

Muzokaralarning ikkinçi kunida Hamas Ğazodagi uruşni tugatiş böyiça prezident Donald Trampning rejasiga asoslangan kelişuvga tayyorligini, biroq hali ham bir qator talablari mavjudligini e’lon qildi.

Çorşanba kundagi muzokaralarga Qatar boş vaziri şayx Abdulrahmon Ol Soni ham qöşilişi kutilmoqda. Maxsus vakil Stiv Uitkoff va Jared Kuşnerni öz içiga olgan AQŞ delegatsiyasi ham muzokaralar uçun yölga çiqqan. Bundan taşqari, Turkiya Milliy razvedka boşqarmasi boşliği Ibrohim Kalin ham muzokaralarda qatnaşadi.

Muzokaralar bilan taniş manbaning aytişiça, seşanba kungi sessiya ijobiy muhitda yakunlangan, ertangi kun esa «hal qiluvçi körsatkiç» böladi.

Hamas rahbari Xalil al-Hayya Qohira naşriga bergan intervyusida «jiddiy va mas’uliyatli muzokaralar olib boriş uçun» kelganini aytdi. Unga köra, Hamas kelişuvga tayyor, biroq «uruşni töxtatiş va u takrorlanmasligiga kafolat» zarur. Hamas vakili Favzi Barhum delegatsiya «xalqimiz istaklariga javob beradigan kelişuvga erişiş uçun barça tösiqlarni yengişga harakat qilayotganini» aytdi.

Hamas doimiy va töliq sulhni, Isroil qöşinlarining çiqib ketişini hamda «falastinlik texnokratlar nazorati ostidagi qayta quriş jarayonining zudlik bilan boşlanişini» talab qilmoqda. Netanyahu esa muzokaralar holati haqida bevosita izoh bermadi, biroq X ijtimoiy tarmoğida «qaror qabul qiluvçi kunlar yaqinlaşayotganini» yozdi.

Keça, 7 oktyabr kuni Isroil va Hamas örtasida boşlangan uruşga 2 yil töldi. Ğazo rasmiylariga köra, 2023 yilgi hujumdan beri Isroil hujumlari oqibatida 67 ming kişi halok bölgan, hudud vayronaga aylangan. Isroil tomoni esa 1200 kişi öldirilgani va jami 251 kişi garovga olinganini bildirgan. Şu bilan birga, BMT komissiyasi va önlab xalqaro taşkilotlar allaqaçon Isroil uruşi genotsidga aylanganini tan olgan.

Uşbu kelişuvlar — uruşni yakunlaş böyiça hozirgaça eng istiqbolli bosqiç sifatida körilmoqda. Biroq kelişuvga erişilgan taqdirda ham Ğazoni kim boşqarişi, uni kim qayta tiklaşi va moliyalaştirişi masalalari oçiq qoladi. Tramp ham, Netanyahu ham Hamasning bu jarayonda iştirok etişini qat’iyan rad etgan.