Ukraina Taşqi razvedka xizmati Rossiyaning «soya floti» tankerlari Yevropa mamlakatlaridagi muhim obektlar ustida uçuvçisiz uçoqlar bilan boğliq sönggi provokatsiyalarda iştirok etgani haqidagi da’volarni tasdiqladi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 7 oktyabr, seşanba kuni fuqarolara keçki videomurojaati çoğida aytib ötdi.

Zelenskiyning sözlariga köra, Ukraina Taşqi razvedka xizmati rahbari Oleg Ivaşçenko unga Moskva sanksiyalarga qaramay neft eksport qilişda foydalanayotgan kemalar «diversiyalar va Yevropani beqarorlaştirişga qaratilgan turli urinişlar» uçun qanday foydalanilayotgani haqida «batafsil gapirib berdi». «Biz özimizdagi ma’lumotlarni hamkorlarimiz bilan baham köryapmiz va ular Rossiyaning harakatlariga javoban aniq qadamlar qöyişi juda muhim», — dedi Ukraina prezidenti.

Zelenskiy Kiyev öz ittifoqçilarini yanada qat’iyroq bölişga çaqirayotganini ta’kidlab, ularning ba’zilari avvalroq Moskvadan qörqib «köp vaqt yöqotganini» ta’kidladi. «Ruslar bilişi kerakki, ularning heç bir buzğunçi harakatlari — barça qabih qilmişlari javobsiz qolmaydi», — dedi Ukraina prezidenti.

Bir neça kun avval Ukraina Taşqi işlar vazirligi Yevropa osmonida noma’lum uçuvçisiz uçoqlarning paydo bölişiga boşqaça izoh bergan edi. Ukraina taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Sergey Kislitsa The Guardian naşriga bergan intervyusida bunga Rossiyaning Yevroittifoq mamlakatlaridagi «agentlari» aloqadorligini da’vo qildi.

Kislitsa dron hodisalarini «yaxşi öylab çiqilgan» deb ta’rifladi va Yevropani Rossiyaning Ukrainaga qarşi davom etayotgan uruşi fonida ekzistensial tahdid deb atagan narsaga «jiddiy munosabatda bölişga» çaqirdi. «Işonçim komilki, Putin Ğarbni tahqirlaşdan, özini superkuçli deb bilganini körsatişdan jismoniy bölmasa ham hissiy qoniqiş hosil qiladi», — dedi Ukraina taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari.

Kislitsaning sözlariga köra, «umuman» Yevropa yetakçilari yangi voqelik bilan murosaga kelgan, biroq boşqa siyosatçilar va ekspertlar hali haqiqatni anglab yetmagan. «Köpgina siyosatçilar hali ham özlarining boşlarida ötgan asrning şablonlari va algoritmlarini uşlab turadi, öşa paytda uruş piyodalarni joylaştiriş va tanklarni oldinga siljitişni anglatardi», dedi Kislitsa. «XXI asrda texnologik rivojlangan mamlakatlarni tiz çöktiriş uçun tanklar kerak emas. Kiberuruş — bu haqiqat. Bank tizimini falaj qiliş uçun gaubitsalar kerak emas. Dronlardan foydalaniş maqsadga erişişning yadroviy bomba işlatişdan köra oqilona yöldir».