Sovğa tanlaş — erkak uçun doim sinov. Çunki har bir ayol kerakli sovğa istaydi. Bugun esa sovğadagi qimmat emas, balki ma’no va foydali ğamxörlik qadrlanadi. Şuning uçun dunyoda tobora köproq erkaklar ayollariga oltin quyma (lom oltin) hadya qilişni odatga aylantira boşladi.
Nega aynan oltin quyma?
- Qiymati vaqt ötişi bilan ortadi. Bu — har qanday inflatsiyaga qarşi kafolat. Agar yuvelir taqinçoq qayta sotilsa, olinganiga nisbatan ança arzon sotiladi, lekin lom oltin — tozaligi bilan qimmatini saqlaydi.
- Oltin — ayol uçun nafaqat bezak, balki kelajak kafolatidan dalolat.
- Avloddan-avlodga ötuvçi sarmoya ham hisoblanadi. Bugun turmuş örtoğingizga bergan quyma oltin — ertangi kunda qizingiz yoki nevarangiz uçun moliyaviy kafolat bölişi mumkin.
Quyma — ayol qölidagi “hayot zaxirasi”
Har bir ayolda “ehtiyot jamğarmasi” bölişi lozim, ayniqsa u oilada turmuş, bolalar, uy vazifalari bilan band bölsa. Oltin quyma — bu uning ijtimoiy va moliyaviy himoyasi, kerak paytda jismonan yordam beruvçi aktiv sanaladi.
9 oktyabr holatiga köra Markaziy bank ma’lumotlariga köra, 5 gramm oltin narxi 8 043 000 sömni taşkil qiladi. Bank tomonidan oltinlar 5, 10, 20 va 50 gramm bölgan oltin quymalari taklif etilgan. Bu quymalar 999,9 probada böladi.
Quyma oltinni qayerdan oliş mumkin?
Bugun köplab bank va rasmiy dilerlar turliça oğirlikdagi quymalarni taklif etmoqda. Ular maxsus sertifikat bilan beriladi va onlayn tarzda ham sotib oliş mumkin. Uni istasangiz öz yoningizda, istasangiz bank hisobida saqlaşingiz mumkin. Bordi-yu qaçondir siz uni sotişni reja qilsangiz bank öşa paytdagi tilla narxida sotib oladi va sizga pul beriladi. Bugungi kunda tilla narxining oşib boriş tendensiyasida oltin xaridi samarali investitsiya bölib qolmoqda. Masalan, 2025 yil boşidan beri şu kunga qadar oltin 38,7 foizga qimmatlaşdi.
Şuningdek, ayrim erkaklar har oyda kiçik miqdorda oltin olib, ayolining şaxsiy “oltin jamğarmasi”ni töplab borişni tanlamoqda. Bu nafaqat sevgi va himoya ramzi, balki haqiqiy oilaviy investitsiya.
Ayolga berilgan har bir sovğa vaqt bilan öz qadrini yöqotadi. Faqat oltin vaqt ötişi bilan yanada qimmatlaşadi.
Demak, bu — nafaqat muhabbat, balki mas’uliyat bilan berilgan eng oqilona sovğa.












