Fransiya prezidenti Emmanuel Makron «48 soat içida» iste’foga çiqqan Sebasten Lekornyu örniga yangi boş vazir tayinlaş niyatida. Bu haqda 8 oktyabr, çorşanba kuni keçqurun Fransiya prezidenti devoniga tayanib, AP axborot agentligi xabar berdi.
Lekornyuning örnini kim egallaşi mumkinligi haqida heç qanday ma’lumot berilmagan. Oldin Fransiya Mudofaa vazirligi rahbari lavozimida işlagan, iste’foga çiqqan boş vazir öz lavozimida bor-yöği 27 kun ötkazdi. 5 oktyabr kuni u asosan Makron hukumatlarida işlagan siyosatçilardan iborat yangi vazirlar mahkamasini taqdim etdi. Bunga javoban "Respublikaçilar" partiyasidagi konservatorlar hukumatdan çiqiş bilan tahdid qildi, muxolifat – öng va söl qanot – prezident iste’fosini talab etdi. Şu fonda Lekornyu Makrondan uni lavozimidan ozod qilişni söradi.
Fransiyada yangi hukumat rahbarining zudlik bilan tayinlanişi, hozirça, mamlakatda navbatdan taşqari parlament saylovlarining oldini oladi. Bundan taşqari, Fransiya Milliy majlisi hali 2026 yil uçun budjet böyiça kelişib olgani yöq va uning bunday şaroitda tarqatib yuborilişi Yevropa Ittifoqining ikkinçi yirik iqtisodiyotini yanada katta noaniqlikka olib kelişi mumkin, deya ta’kidlaydi AP.
Makron Lekornyuning iste’fosini qabul qildi, biroq undan parlamentni tarqatib yubormaslik uçun palatada yetarliça qöllab-quvvatlovga egaligini baholaş maqsadida Milliy majlisdagi partiyalar vakillari bilan muzokaralar ötkazişni söradi, deb xabar beradi AP. Lekornyuning xulosasiga köra, vaziyat murakkab, ammo quyi palatadagi «mutlaq köpçilik» ikkinçi tarqatib yuboriş ssenariysini rad etadi.
Milliy majlisning yana tarqatib yuborilişiga muqobil variant esa Makronning iste’fosi bölişi mumkin, ammo Lekornyu buni rad etdi. «U (Makron) Fransiyaning xorijdagi yuzi», — deya rasmiyning sözlaridan iqtibos keltirilgan. «Institut barqarorligi saqlanişi kerak».
Lekornyu sönggi ikki yil içida Makron tomonidan tayinlangan beşinçi boş vazir böldi.











