2025–2026 yillarda hududlarda sanoatni rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
🔸respublika sanoatida hududiy sanoatning ulushini 45 foizga yetkazish;
🔸hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalarini amalga oshirish orqali sanoatda texnologik mahsulotlar ulushini 25 foizga yetkazish va 3,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish;
🔸 har bir tuman va shaharlarda 5 tagacha sanoat “o‘sish nuqtasi”ni rivojlantirish.
2026 yil 1 yanvardan boshlab 2028 yil 1 yanvarga qadar:
🔹 ishchilarining o‘rtacha ish haqi miqdori har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan mazkur qarorning 4-ilovasiga muvofiq mahalliy sanoat korxonalarining ishchilarni tashish va ovqatlantirish bilan bog‘liq xarajatlaridan har bir ishchi xodim uchun bir oyda bir bazaviy hisoblash miqdorigacha bo‘lgan qismi ijtimoiy soliq bazasidan chiqarib tashlanadi;
🔹 o‘z ehtiyoji uchun gips xomashyosini qazib chiqaruvchi va undan tayyor qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga gips olish uchun belgilangan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi.






