Duşanba şahrida 9 oktyabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning uçraşuvi bölib ötdi.
Suhbat avvalida Özbekiston yetakçisi Tojikiston prezidentini Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga raisligi samarali bölgani bilan samimiy tabrikladi hamda «Markaziy Osiyo - Rossiya» formatidagi bölajak uçraşuv va MDH sammiti muvaffaqiyatli ötişini tiladi.
Özbekiston bilan Tojikiston örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada kengaytiriş va mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqildi.
Ikki tomonlama hamkorlik ijobiy sur’at bilan rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboşlaş va yuk taşiş hajmi, aviaqatnovlar soni ortib bormoqda.
Özaro savdoni köpaytiriş, sanoat, energetika, qişloq xöjaligi va boşqa ustuvor yönalişlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş böyiça muvofiqlaştirilgan çora-tadbirlarni qabul qilişga alohida e’tibor qaratildi.
Faol madaniy-gumanitar almaşinuv va sermahsul hududlararo aloqalarni davom ettiriş muhimligi qayd etildi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik asosiy masalalar, şu jumladan joriy yil noyabr oyida Toşkent şahrida ötkaziladigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuviga tayyorgarlik köriş yuzasidan batafsil fikr almaşildi.

















