AQŞ prezidenti Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv imkoniyatlarini juda yaxşi deb baholadi va Yaqin Şarqqa, ehtimol, yakşanba kuni safar qilişi mumkinligini bildirdi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp şu hafta Yaqin Şarqqa safar qilişi mumkinligini aytdi. Uning sözlaridan CNN iqtibos keltirgan. «Ehtimol, yakşanba kuni», dedi u. Oq uy rahbari qaysi davlatga borişni rejalaştirayotganiga aniqlik kiritmadi.

Trampning qayd etişiça, AQŞ jiddiy muzokaralar olib bormoqda va muvaffaqiyatga erişiş ehtimoli yuqori. Muzokaralar Ğazo sektoridagi uruşni tugatiş böyiça kelişuv tuziş haqida ketmoqda.

«Bizning u yerda ajoyib jamoamiz, ajoyib muzokaraçilarimiz bor va afsuski, ular boşqa tomondan ham ajoyib muzokaraçilardir», dedi Amerika rahbari.

U kelişuvga erişiş imkoniyatlarini juda yaxşi deb baholadi. «Köramiz, lekin muzokaralar juda yaxşi ötayotgani uçun juda yaxşi imkoniyat bor», dedi Tramp.

Isroil va HAMAS örtasida Ğazo sektorida garovga olinganlar va falastinlik mahbuslarni ozod qiliş böyiça muzokaralar AQŞ vositaçiligida Misrning Şarm aş-Şayx kurortida bölib ötyapti.

Avvalroq davlat kotibi Marko Rubio Ğazo böyiça kelişuvga erişilsa, Tramp Yaqin Şarqqa taşrif buyurişi mumkinligini aytgandi. Biroq u avvalroq muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganini eslatib, şoşilinç xulosa çiqarmaslikka çaqirdi.

«Aytganimdek, bugun yaxşi yutuqlarga erişildi, işlar yaxşi tomonga ketmoqda, lekin hali qilinadigan işlar köp», — dedi Rubio. Davlat kotibi «optimistik» ekanini ta’kidlab, kelişuvga erişilib, barça garovga olinganlar ozod etilişiga umid bildirdi.

Maan agentligining HAMAS vakili Tohir an-Nunuga tayanib xabar berişiça, HAMAS va Isroil asirlar va garovga olinganlar röyxatini almaşgan.

Sentyabr oyi oxirida AQŞ Isroil va HAMAS örtasidagi uruşni tugatiş böyiça 20 banddan iborat rejani taqdim etdi.