Bu haqda telekanalga rejalar bilan taniş bölgan ikki amerikalik rasmiy ma’lum qildi. Manbalarga köra, AQŞ harbiylari logistika, transport, muhandislik va rejalaştiriş böyiça yordam beradi.
«Ular Ğazoda bölmaydi. Ğazoda birorta ham amerikalik askar bölmaydi», — deya aniqlik kiritdi manbalardan biri.
Fuqarolik-harbiy muvofiqlaştiriş markazi sifatida tanilgan bu taşabbus Isroil va HAMAS örtasida öt oçişni töxtatiş kelişuvi e’lon qilinişi ortidan boşlangan.
Amerika qöşinlari allaqaçon Isroilga kela boşlagan, deya izoh berdi telekanal manbalari.
«Ğazoga gumanitar yordam yetkazilişini qöllab-quvvatlaşdan taşqari, qöşinlar kelişuv şartlariga rioya etilişini ta’minlaş uçun tomonlar örtasida hodisalarning oldini oliş mexanizmining işlaşini nazorat qiladi», — deyiladi xabarda.
Amerika qöşinlari ilgari Isroilda turli missiyalar, jumladan, raketaga qarşi mudofaa böyiça bölgan. Qöşma Ştatlar ötgan yili Livanda öt oçişni töxtatiş paytida Isroil va "Hizbulloh" örtasidagi hodisalarning oldini oliş mexanizmini qöllab-quvvatladi.
Isroil hukumati Falastinning HAMAS harakati bilan Ğazo sektoridan garovga olinganlarni ozod qiliş böyiça kelişuvni ma’qulladi.
Isroil, öz navbatida, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 250 nafar mahbusni va 2023 yil 7 oktyabrdan keyin hibsga olingan 1700 nafar falastinlikni ozod qiladi. Şuningdek, kelişuv HAMASni qurolsizlantiriş, Isroil qöşinlarini Ğazo sektoridan olib çiqib ketiş va gumanitar yordam yetkazib berişni ham közda tutadi.
Isroil va HAMAS örtasida erişilgan kelişuv haqida avvalroq AQŞ prezidenti özining Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida e’lon qildi.












