Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDH davlatlari rahbarlari 2030 yilgacha mo‘ljallangan harbiy hamkorlik konsepsiyasini kelishib oldi
Harbiy sohadagi hamkorlik ochiq, izchil blokdan tashqari xususiyatga ega va uchinchi davlatlarga qarshi qaratilmagani ta’kidlandi.
MDH davlatlari rahbarlari 2030 yilgacha mo‘ljallangan harbiy hamkorlik konsepsiyasini tasdiqladi. Tegishli qaror Dushanba shahrida bo‘lib o‘tgan Hamdo‘stlik Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi, deb xabar berdi tashkilot ijro qo‘mitasi matbuot xizmati.
«MDH davlatlarining ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq, harbiy sohadagi hamkorlik ochiq, oldindan aytib bo‘ladigan, izchil blokdan tashqari xususiyatga ega va uchinchi davlatlarga qarshi qaratilmagan», deyiladi xabarda.
Tashkilotga a’zo davlatlar «xalqaro tinchlik, mintaqaviy barqarorlik va har bir MDH davlatining xavfsiz rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida» o‘zaro ishonch choralarini kuchaytirish va teng huquqli yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini, jumladan, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan rivojlantirishga kelishib oldi.
Ta’kidlanishicha, harbiy hamkorlikning ma’naviy asosi 1941-1945 yillardagi urush davrida qozonilgan g‘alabaning tarixiy xotirasi, xalqlarning umumiy qahramonona o‘tmishi va bunyodkor bugungi kunidir.
Konsepsiyaga ko‘ra, Hamdo‘stlik mamlakatlari tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtiradi, qo‘shma istiqbolli dastur va loyihalarni ishlab chiqadi, «an’anaviy va yangi dolzarb yo‘nalishlarda» hamkorlik qiladi.
«Qurolli kuchlarda milliy tuzilmalarning qo‘shma harbiy maqsadli tizimlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi. Birinchi navbatda, havo hujumidan mudofaa yagona tizimini, qo‘shma aloqa tizimini, radiatsion-kimyoviy-biologik vaziyatni nazorat qilish va baholashning yagona tizimini, yagona radiolokatsion aniqlash tizimini, qurolli kuchlar uchun yagona harbiy maqsadli geoaxborot tizimini rivojlantirishni ta’minlash ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu milliy qurolli kuchlarning jangovar qobiliyatini va harbiy sohadagi o‘zaro hamkorlik darajasini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:24 / 14.03.2026
Xivada «Boqiy shahar» konsepsiyasi asosida yangi hudud barpo etiladi
13:33 / 12.03.2026
Moldova hukumati mamlakatning MDHdan chiqishini ma’qulladi
09:36 / 05.03.2026
Ispaniya AQShning harbiy hamkorlik haqidagi bayonotlarini rad etdi
08:30 / 20.01.2026