Tadbir Özbekistonning turistik salohiyatini xalqaro miqyosda, jumladan Pokiston jamoatçiligi orasida keng tarğib etiş, mamlakatimizga xorijiy sayyohlar oqimini köpaytiriş maqsadida taşkil etildi.
Qatnaşçilar şu yilning 30 oktyabridan 13 noyabrigaça Samarqand şahrida sönggi 40 yilda ilk bor Parijdan taşqarida YuNeSKO boş konferensiyasining 43-sessiyasi ötkazilişi töğrisida xabardor qilindi. Bu nufuzli anjuman Özbekistonning xalqaro nufuzi va madaniy meros sohasidagi obrösi yuksalib borayotganidan dalolat ekani ta’kidlandi.
Şuningdek, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan hozirda Pokistonning Islomobod va Lahor şaharlariga muntazam reyslar amalga oşirilayotgani, yaqin istiqbolda Karaçiga ham töğridan töğri parvozlarni yölga qöyiş böyiça işlar olib borilayotgani ma’lum qilindi.
BMG Group kompaniyasi raisi Muhammad Motivala Özbekistonda turizm sohasida amalga oşirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. U mamlakatning barqaror iqtisodiy muhiti va infratuzilmaviy imkoniyatlari pokistonlik investorlar uçun katta istiqbollar yaratayotganini ta’kidladi. Motivala Karaçi va Özbekiston hududlari örtasida töğridan töğri aviaqatnovlarni yölga qöyiş zarurligini ham qayd etdi.
Pokiston sayyohlik agentliklari uyuşmasi raisining örinbosari Muhammad Ilyas esa Özbekistonning ziyorat va islom sivilizatsiyasi turizmi borasidagi ulkan salohiyatiga e’tiborni qaratib, ikki mamlakat örtasida maxsus ziyorat va madaniy sayohat dasturlarini işlab çiqiş böyiça hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi.











