9 oktyabr kuni keçqurun Kobulda sodir bölgan portlaş oqibatida «Tahriki Toliboni Pokiston» (TTP) guruhi yetakçisi Nur Vali Mahsud halok böldi. Bu haqda Afğoniston ommaviy axborot vositalariga tayanib Asia-Plus xabar berdi.
Qayd qilinişiça, 9 oktyabrga ötar keçasi Kobulning markaziy hududlari - Abdulhaq çorrahasi yaqinida, şuningdek, Kart-e-Nou, Şahr-e-Nou, Taymani va Xayrxon tumanlarida kuçli portlaşlar sodir bölgan.
Mahalliy aholining jurnalistlarga ma’lum qilişiça, aviazarba oqibatida Land Cruiser rusumli avtomobil portlagan. Hodisada TTP yetakçisi, 47 yoşli Nur Vali Mahsud halok bölgan. U guruhning eng nufuzli a’zolaridan biri edi. U 2018 yilda mulla Fazlullohning ölimidan söng harakatga rahbarlik qilgan va Pokiston tomonidan qidiruvga berilgan. Manbalarga köra, Mahsud va uning tarmoği jangarilarni moliyalaştiriş uçun talonçilik va odam öğirlaş bilan şuğullangan.
«Tolibon» harakati vakili Zabihullo Mujohid portlaş sodir bölganini tasdiqladi va hodisa böyiça tergov davom etayotganini aytdi.
Biroq harakat içidagi manbalarning Afghanistan International agentligiga ma’lum qilişiça, portlaş Pokiston tomonidan uyuştirilgan aviazarba oqibatida sodir bölgan. Hodisa Islomobodning toliblarni Afğoniston hududida TTP jangarilarini yaşirganlikda ayblaşi fonida sodir böldi.
Hujumdan söng Pokiston mudofaa vaziri Xöja Asif ijtimoiy tarmoqda bu haqda xabar e’lon qilib, Kobuldagi havo hujumlariga töğridan-töğri işora qildi. U Afğoniston toliblari Pokiston toliblarini yaşirgani uçun javob berişini aytdi va mamlakatning terrorçilar va ularning homiylariga nisbatan sabr-toqati tugaganini ta’kidladi. Afğoniston va fors tilidagi ommaviy axborot vositalari bu bayonotlarni Pokistonning hujumga aloqadorligini norasmiy tan oliş deb baholamoqda.
Afğonistonning BMTdagi vakili Nosirahmad Foiq havo hujumini tajovuzkorlik harakati va Afğonistonning hududiy yaxlitligini qöpol ravişda buziş deb atadi.
Uning ta’kidlaşiça, bunday «noqonuniy xatti-harakatlarga qanday bahona bilan sodir etilmasin, yöl qöyib bölmaydi hamda mintaqadagi tinçlik va barqarorlikka putur yetkazadi».
OAV ma’lumotlariga köra, hodisadan söng Kobuldagi toliblar qömondonlari şay holatga keltirilgan.











