Rossiyaning Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyalari umumiy hajmi 20 milliard dollardan oşdi, biroq, bu mintaqadagi hamkorlik salohiyatini röyobga çiqariş uçun yetarli emas, dedi prezident Vladimir Putin.

9 oktyabr kuni Duşanba şahrida bölib ötgan «Markaziy Osiyo – Rossiya» ikkinçi sammitida Putin investitsiyalarni yanada köpaytiriş va Rossiyaning mintaqa mamlakatlaridagi yirik energetika loyihalarida iştirok etişi rejalarini e’lon qildi.

Rossiya rahbari sözlariga köra, Moskva nafaqat an’anaviy uglevodorod loyihalarida, balki atom va gidroelektr stansiyalarini quriş, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantiriş va suv-energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilişda iştirok etişga tayyor.

«Rossiya kompaniyalari yangi GES qurilişiga, şuningdek, suv-energetika infratuzilmasidan xavfsiz foydalaniş, suv resurslari va transçegaraviy daryolardan oqilona foydalanişni ta’minlaşga qaratilgan loyihalarga ham qöşilişga tayyor», dedi Putin.

U, şuningdek, gap «Rossiyaning zamonaviy texnologiyalari» va mintaqa energetika tizimiga qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etiş haqida ketayotganini ta’kidladi.

Putin sözlariga köra, Rossiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan özaro savdo hajmi 45 milliard dollardan oşgan, Rossiya tomonidan mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi esa 20 milliard dollardan ortiqni taşkil etgan va bu yetarli emas. U, ayniqsa, texnologik va sanoat yönalişlarida, jumladan, import örnini bosiş böyiça hamkorlikni kuçaytirişga çaqirdi.

Hamkorlikning amalga oşirilgan yönalişlaridan biri gidrouzellarni modernizatsiya qiliş bölib, ularning aksariyati sovet davrida qurilgan. Xususan, Rossiyaning Amudaryo va Sirdaryo havzalarida infratuzilmani modernizatsiya qilişdagi iştiroki, şuningdek, suvni tejaş, suvdan qayta foydalaniş texnologiyalarini joriy etiş va Orolböyi hududida örmonzorlar barpo etiş loyihalari tilga olindi.

Bundan taşqari, Putin Rossiya allaqaçon Markaziy Osiyo davlatlari bilan qöşma dasturlar uçun 33 million dollardan ortiq mablağ ajratganini aytdi. Şuningdek, Rossiya kiçik atom elektr stansiyalari qurilişida iştirok etişga tayyorligini ma’lum qildi.