Vengriya Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaga qarşi tayyorlanayotgan yangi sanksiyalar paketi doirasida Rossiyaning suyultirilgan gazi (STG)ni YeIga yetkazib berişni taqiqlaşni qöllab-quvvatladi, deb xabar berdi EUobserver 9 oktyabr, payşanba kuni diplomatik manbalarga tayanib.
Vengriya avvalroq sanksiyalardan özi uçun istisnolar berilişiga erişişga uringan edi, biroq 8 oktyabr kuni keçqurun YeI elçilarining uçraşuvida Budapeşt vakili «heç qanday e’tiroz bildirmadi». 19-sanksiya paketini kelişiş yölidagi asosiy tösiqlar Slovakiya va Avstriya pozitsiyalari bölib qolmoqda.
Avstriya rasmiylarining ta’kidlaşiça, sanksiyalar paketi Rossiya aktivlaridagi ikki milliard yevroni muzlatiş töğrisidagi bandni öz içiga oladi. Uşbu mablağlarni Rossiya sudining qaroriga binoan tölangan jarimani qoplaş sifatida Raiffeisen Bank International'ga ötkaziş taklif qilinmoqda.
Slovakiya vakili Bratislava yangi çeklovlarga qarşi ekanini ta’kidlab, Yevropa Ittifoqining iqlimni muhofaza qiliş siyosati Slovakiya avtomobil sanoati uçun zararli ekanligini ta’kidladi.
Avvalroq Slovakiya Yevropa Ittifoqining 2035 yilgaça içki yonuv dvigatellarini taqiqlaş taşabbusiga ham qarşi çiqqani xabar qilingandi.











