AQŞ prezidenti Donald Tramp Yaqin Şarqqa safari doirasida Isroil parlamentida (Knesset) nutq sözlaydi va Misrga taşrif buyuradi. «Men Isroilga ketyapman. Öylaymanki, tez orada Knessetda çiqiş qilaman. Keyin esa Misrga yöl olaman», — dedi Tramp 10 oktyabr, juma kuni Oq uyda. U taşriflarning sanalariga aniqlik kiritmadi. Safar 12 oktyabr kuni boşlanişi, dastlabki ma’lumotlarga köra, 14 oktyabr oqşomiga AQŞga qaytiş rejalaştirilgan.
Bir kun avval Knesset spikeri Amir Ohana Amerika prezidentiga Isroil parlamentida çiqiş qiliş uçun rasmiy taklif yuborgan edi. «Isroil tinçlik prezidentini kutmoqda», deb yozgan Ohana X ijtimoiy platformasida. U Trampni «yahudiy xalqining zamonaviy tarixdagi eng buyuk dösti va ittifoqçisi» deb atagan.
Isroil va Falastinning HAMAS guruhi örtasidagi öt oçişni töxtatiş kelişuvi 10 oktyabr kuni soat 12:00 da kuçga kirdi. Donald Tramp tomonidan işlab çiqilgan va har ikki tomon qöllab-quvvatlagan Ğazo rejasining birinçi bosqiçida falastinlik mahbuslar evaziga qolgan isroillik garovga olinganlarni ozod qiliş közda tutilgan.
Barça garovga olinganlarni ozod qiliş evaziga Isroil umrbod qamoq jazosini ötayotgan taxminan 250 nafar falastinlikni va 2023 yil 7 oktyabrda Isroil va HAMAS örtasidagi uruş boşlanganidan beri hibsga olingan taxminan 1700 nafar boşqa mahbusni ozod qiladi. Şartnoma şuningdek, Isroil mudofaa kuçlari (TSAHAL) qöşinlarini Ğazo sektoridagi kelişilgan çiziqqa olib çiqişni ham nazarda tutadi.
«Bu Isroil uçun juda katta iş, ammo bu hamma uçun — arablar uçun, musulmonlar uçun, hamma uçun, butun dunyo uçun ajoyib iş», — dedi Tramp. «Hamma bu kelişuv amalga oşişini xohlaydi», deb ta’kidladi u.
Boşqa narsalar qatorida Ğazo sektoriga yangi gumanitar yordam yetkazilişini közda tutuvçi sulh allaqaçon kuçga kirgan. Biroq, barqaror tinçlikka erişişga qaratilgan keyingi qadamlar hali yakunlangani yöq.











