Juma kuni Şimoliy Koreya hukumati Koreya Mehnat partiyasi taşkil topganining 80 yilligini harbiy parad bilan nişonladi, unda yangi gipertovuşli planer bloki va qit’alararo ballistik raketalar, jumladan yangi «Xvason-20» qit’alararo ballistik raketasi ham namoyiş etildi. Paradni KXDR yetakçisi bilan birga Rossiyaning sobiq prezidenti, mamlakat Milliy xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari Dmitriy Medvedev ham kuzatib bordi.

«Xvason-11Ma» gipertovuşli quroli va «Xvason-20» qit’alararo ballistik raketasi davlat ommaviy axborot vositalari tomonidan Şimoliy Koreyaning «eng kuçli yadroviy strategik qurol tizimi» sifatida ta’riflandi.

Sentyabr oyida Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In mamlakat yangi «maxfiy» qurolga ega bölganini ma’lum qilgan edi.

Ekspertlar fikriça, öşanda u aynan «Xvason-20» raketasini nazarda tutgan.

«Xvason-11» seriyasidagi qurollar Rossiyaning «Iskander» raketalari asosida yaratilgan qisqa masofali ballistik raketalardir.

U gipertovuşli deb ataladi, çunki tovuş tezligidan beş baravar yuqori tezlikda harakatlanib, manyovrlarni amalga oşira oladi.

BBC’ning Seuldagi muxbiri xabar berişiça, paradda ulkan raketaning paydo bölişi muşakbozlik va olqişlar bilan keçgan.

Raketaning hajmi şuni körsatadiki, u köplab yadroviy kallaklarni olib yurişga qodir va nazariy jihatdan AQŞ hududining istalgan nuqtasiga zarba bera oladi, deya ta’kidlaydi muxbir.

Kim Çen In paradni tribunadan kuzatmoqda
KXDR rahbari Kim Çen In faxriy qorovul oldidan ötmoqda

Dmitriy Medvedev 8 oktyabr kuni «Yedinaya Rossiya» partiyasi delegatsiyasiga boşçilik qilgan holda rasmiy taşrif bilan Pxenyanga borgandi. Şuningdek, u Kim Çen In bilan muzokaralar ötkazgan.

Medvedev öz telegram-kanalida «örtoq Kim Çen Inga qabul qilingan ittifoqçilik qarorlari uçun», Şimoliy Koreya harbiylariga esa yordam uçun minnatdorçilik bildirganini aytdi.