Rossiyaning «Rossiya segodnya» davlat media guruhi tomonidan asos solingan "Sputnik Ozarboyjon" axborot agentligi ijroçi direktori Igor Kartavix Bokuda tergov hibsxonasidan uy qamoğiga ötkazildi. Bu haqda 10 oktyabr, juma kuni Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakovga tayanib, «Kommersant» gazetasi xabar berdi.

Gazetaning yozişiça, 1 iyul kuni hibsga olingan Kartavixni ozod qiliş qarori ikki davlat rahbarlari Vladimir Putin va Ilhom Aliyevning 9 oktyabr kuni Duşanbedagi uçraşuvi arafasida qabul qilingan. Uşakov bu masalani ozarboyjonlik hamkasbi Hikmet Gajiyev bilan bevosita muhokama qilgan.

Kartavix Bokuda uy qamoğida böladi, deya aniqlik kiritdi «Rossiya segodnya» rahbari Dmitriy Kiselev «RIA Novosti» davlat axborot agentligi bilan suhbatda. Rossiyaning Ozarboyjondagi elçixonasi vakillari allaqaçon Rossiya fuqarosi oldiga taşrif buyurgan, deya qöşimça qildi TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova. Kartavix bilan birga hibsga olingan "Sputnik Ozarboyjon" boş muharriri Yevgeniy Belousov hamon tergov hibsxonasida qolmoqda.

Kartavix ozod etilganidan köp ötmay, 1992 yildan 2021 yilgaça Moskva Satira teatriga rahbarlik qilgan Mamedali Agayev Moskvada hibsdan ozod etilgani ma’lum böldi. U 28 avgust kuni 20 million rublni özlaştirganlikda ayblanib, ikki oyga hibsga olingan edi. RBK manbasiga köra, 9 oktyabr kuni Tagansk sudi Agayevni uy qamoğiga ötkazişni ma’qullagan.