Hodisa joriy yilning 9 oktyabr kuni soat 08:30 larda Sergeli tumani 10-sonli poliklinika binosi qarshisida ro‘y bergan.
Haydovchi, 1964 yilda tug‘ilgan B.I. "VAZ-2115" rusumli transport vositasini boshqarib, svetofordan qo‘zg‘algan vaqtida salon ichidagi yo‘lovchi — 2021 yilda tug‘ilgan M.B. orqa chap eshigini tashqariga ochib yuborgan.
Natijada qizcha salondan tashqariga yiqilib tushgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan hozirgi vaqtda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







